Özbekistonning eng maşhur xokkey jamoasi — «Binokor» mamlakat çempionatida Toşkentning «Semurğ» jamoasiga mağlub böldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Yakun 4:1 hisob bilan öyinni yakunlagan «Semurğ» xokkey jamoasi şaybali xokkey böyiça ötkazilgan Özbekiston çempionati ğolibi etib taniştirildi. Çempionatda uçinçi örin «Humo» vakillariga nasib etdi.
Final bahsini Özbekiston Sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Özbekiston xokkey federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Bahodir Ğofurov, Özbekiston xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Iskandar Şodiyev va federatsiya boş kotibi Şukrullo Karimov bevosita arenadan kuzatib bordi.
Final yakunida alohida nominatsiyalar böyiça ğolib öyinçilar taqdirlanişdi. Unga muvofiq, eng mahsuldor öyinçi — Javohir Rasulov («Binokor» ), eng yaxşi darvozabon — Aleksandr Zakirov («Binokor»), eng yaxşi hujumçi — Sergey Golev («Semurğ»), eng yaxşi himoyaçi esa Konstantin Gavrilenko («Semurğ» ) e'tirof etildi.
Çempionat finalini Vladislav Kiselev boşçiligidagi hakamlar jamoasi boşqarib bordi.

















