Respublika qişloq xöjaligi sohasida yangi imkoniyatlar eşiklarini oçiş maqsadida şu yilning 9 yanvarida Vazirlar Mahkamasining «Fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullaştiriş hamda qişloq xöjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror asosida mahalliy hokimliklarda tuzilgan komissiyalar xulosalari va oçiq tanlovlar asosida fermer xöjaliklari yer maydonlari maqbullaştirildi.

Ammo tan olib aytiş kerakki, bu jarayonda ayrim mahalliy hokimlik va fermer xöjaliklari rahbarlari örtasida turli tuşunmovçilik va nizolar yuzaga kelayotganligi ham bor gap. Yer maydoni boşqa fermer xöjaligiga qöşib berilgan fermerlar asosan komissiya xulosalari va tanlov noxolis ötkazilganligi, şaffoflik ta'minlanmaganligi, taniş-bilişçilik va nohaqliklardan şikoyat qilişdi.

Kun.uz tahririyatiga ham şu mazmundagi köplab murojaatlar keldi. Şunday murojaatlarning navbatdagisi Samarqand viloyati, Past Darğom tumanidan tahririyatga yöllangan.

Tumandagi «Kamolot nurlar paxtasi», «Mingtut dalasi» va «Aziz Dilşod meva dalasi» fermer xöjaliklari rahbarlaridan kelgan mazkur murojaatda mahalliy hokimlik mutasaddilari tomonidan özlariga nisbatan nohaqliklar qilinganligi iddao qilingan.

Uşbu murojaatlarni örganiş maqsadida Past Darğom tumanida bölib, fermerlar bilan suhbatlaşdik.

«Men 2016 yil «Kamolot nurlari paxtasi» fermer xöjaligini taşkil qilganman. Har yili paxta, ğalla, pilla davlat rejalarini oşiği bilan bajarganmiz. Maqbullaştiriş jarayonida yerimiz boşqa fermer xöjaligiga berildi. Nohaqlik qilindi. Qiziği, bu haqdagi tuman hokimi qarorida «ixtiyoriy voz keçib», «arizalariga asosan», deb körsatilgan. Lekin biz yerni topşiriş uçun heç qanday ariza yozmaganmiz», – deydi «Kamolot nurlari paxtasi» fermer xöjaligi rahbari Berdiqul Qarşiyev.

Tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev imzolagan qaror bilan tanişdik. 2019 yil 23 yanvarda qabul qilingan 229-Q-sonli qarorda haqiqatan ham bir neçta fermer xöjaliklari qatori «Kamolot nurlari paxtasi» fermer xöjaligi yer maydoni ham «yer maydonidan ixtiyoriy voz keçganligi», «öz arizalariga asosan» birlaştirilganligi körsatilgan.