Özbekistonda pensiya yoşini qayta körib çiqiş taklif etilmoqda, unga köra, pensiya yoşi fuqarolarning iş staji bilan boğlanadi. Moliya vaziri örinbosari Yorqin Tursunov 18 aprel kuni “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” xalqaro darajadagi konferensiyasi doirasida Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.

“Bugungi konferensiyada muhokama qilinayotgan eng muhim masalalardan biri taklif etilayotgan yangi Konsepsiya loyihasida pensiya yoşini qayta körib çiqiş masalasi dolzarb bölib turibdi. Ötgan yili Konsepsiyaning dastlabki variantida pensiya yoşini ayollar uçun – 58, erkaklar uçun esa 65 yoşga özgartiriş taklif etilgan edi. Biroq bu taklif ança qarşiliklarga uçradi. Şu bois yangi Konsepsiya variantida biz boşqaça variantni muhokama uçun taklif qilyapmiz. Unga köra, pensiyaga çiqiş yoşini fuqarolarning iş staji bilan boğlanadi. Iş staji qança köp bölsa, pensiyaga şunça erta çiqiş imkoniga ega böladi”, - dedi vazir örinbosari.