Bugun, 19 apreldan Bangkokda boks böyiça Osiyo çempionati boşlandi. 26 aprelgaça davom etadigan musobaqada rekord darajada köp – 36ta terma jamoa iştirok etmoqda.

Erkaklar örtasidagi dastlabki kungi bahslar doirasida -64 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Osiyo öyinlari sovrindori Şunqor Abdurasulov iroqlik Qadim al-Ezirej ustidan ğalaba qozondi. Şunqor ertaga navbatdagi saralaş jangini pokistonlik Amir Masudga qarşi ötkazadi.

Şunqor Abdurasulov
Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Undan söng, Osiyo öyinlari ğolibi Bobo-Usmon Boturov -69 kg vaznda möğulistonlik Bayarku Ganbaatarni muddatidan oldin mağlub etdi. Özbekistonning amaldagi çempioni ilk raunddayoq katta ustunlikka erişib, raqibni nokdaun holatiga tuşirdi; ikkinçi raundda esa möğulistonlik boksçi qoşidan jarohatlanib, jangni davom ettira olmadi. Boturov navbatdagi jangini yakşanba kuni eronlik Sajjad Kozimzodapoştiriga qarşi ötkazadi.

Bobo-Usmon Boturov
Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Qayd etiş kerak, bu galgi Osiyo çempionati ilk marotaba erkaklar va ayollar turnirlarini birlaştirgan holda ötkazilmoqda. Unda Özbekiston ayollar terma jamoasi 9ta vazn toifasida iştirok etyapti. Bugun -57 kg vaznda Yodgoroy Mirzayeva Şri-Lanka vakili Krişmi Lankapurayalage bilan jang qiladi.

Özbekiston terma jamoasi vakillarining 20 aprel kungi taqvimi:
– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – D.Xasebe (Yaponiya)
– 52 kg: Hasanboy Dösmatov – T.Drugel (Butan)
– 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – A.Alibekov (Qirğiziston) / N.Simfavong (Laos)
– 60 kg: Şukurjon Rahimov – K.Çoye (KXDR)
– 64 kg: Şunqor Abdurasulov – A.Masud (Pokiston)
– 75 kg: Isroil Madrimov – T. Vu (Vetnam)
– 81 kg: Dilşodbek Rözmatov – B. Yadav (Hindiston)
– 91 kg: Sanjar Tursunov – X. Xan (Xitoy) / S. Boboşev (Qirğiziston)