19 aprel kuni keçqurun Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida Ukraina prezidentligi uçun saylovning ikkinçi turiga çiqqan amaldagi prezident Petro Poroşenko va birinçi turda ğolib bölgan şoumen Vladimir Zelenskiy örtasida debat ötkazildi.

Stadion debat arafasida ikkiga ajratildi - bir tomonda Zelenskiy uçun, ikkinçi tomonda esa Poroşenko uçun sahna örnatildi. Har bir sahna oldida «fan-zona»lar taşkil qilindi.

Ammo debat boşlanişi arafasida Poroşenko öz tarafdorlari bilan Zelenskiy turgan sahnaga yöl oldi. Nomzodlar saylovoldi kampaniyasi boşlanganidan buyon ilk marta bir sahnada turişdi va bir-birlariga qöl berişdi.

Zelenskiy öz çiqişida prezident oligarxlardan bölmasligi kerakligi, oddiy xalq vakili prezident etib saylanişi kerakligi haqida gapirib, «hozirgi tizim me'yordagi va XXI asr mentalitetiga ega bölgan normal insonlar bilan birgalikda yakson qilinişiga» işonç bildirdi. 

U öz tarafdorlari tomonidan tayyorlangan savollar röyxatini taqdim etib, Poroşenkodan istagan savoliga javob qaytarişni söradi. Poroşenko esa Zelenskiy siyosatda yetarli bilimga ega emasligi va prezidentlikka noloyiqligi, şuningdek, uning ortida oligarx Igor Kolomoyskiy va uning «tödasi» turgani haqida aytib ötdi.

Debat davomida Zelenskiyga u Vladimir Putin qarşisida tiz çökişga tayyorligi haqida gapirganini eslatişdi. U esa bu gap kontekstdan yulib olinganini ta'kidladi.

«Men hozir frontdan öğli qaytmagan har bir ona qarşisida tiz çökişga tayyorman, men hozir öz otasiga yetişa olmagan har bir bola qarşisida tiz çökişga tayyorman, men hozir har bir beva ayol qarşisida tiz çökişga tayyorman va sizlarni ham şunga taklif etaman», degan Zelenskiy va sahnada tiz çökkan.

Poroşenko ham uning ortidan buni qaytargan, biroq buni tomoşabinlarga orqasini ögirgan va uni sahnada qöllab-quvvatlayotgan Donbassdagi jangçilarga yuzlanib bajargan. U bu holatida Donbassdagi janglarda halok bölgan jangçining bevasi qölidan tutgan.

Debat yakunida Poroşenko madhiya kuylay boşlaydi, Zelenskiy esa kulimsiraydi va rafiqasini öpib ğalaba ramzi sifatida ikki barmoğini (V - Victory) körsatadi. Keyin u ham qölini köksiga qöyib, madhiyani kuylay boşlaydi. Butun stadion ularga jör böladi.