Belorussiya "Transneft" vakillari bilan Rossiyadan sifatsiz neft yetkazilişi oqibatlarini muhokama qilmoqda, deb ma'lum qildi "Belneftexim" davlat konserni raisi Andrey Ribakov.

"Belorus tomoni kompensatsion mexanizmlar işlab çiqilişini talab qiladi", - deya Ribakovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.

Juma kuni "Belneftexim" Rossiyaning "Gomeltransneft Drujba" magistral neft quvuri orqali keladigan Urals eksport aralaşmasi sifati keskin yomonlaşganini ma'lum qildi. Ta'kidlanişiça, quvur orqali "tarkibida xloroorganik birikmalar bölgan neft kelmoqda", uning miqdori me'yordagidan bir neça ön baravarga köp. 

"Belneftexim" rahbarining sözlariga köra, tarkiida bunday birikmalar bölgan neft qimmatbaho katalizator tizimini işdan çiqaradi.

"Uni ta'mirlaş yarim yildan köproq vaqtni talab qiladi. Pul bilan ifodalaydigan bölsak, bu kamida önlab million dollar degani", - deb ta'kidladi u.