Bangkokda ötayotgan Osiyo çempionatining ikkinçi kunida erkaklar örtasidagi bahslarda qatnaşgan beş nafar özbekistonlik sportçining barçasi ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqdi.
Dastlab -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik Daiçi Xasebeni qiyinçiliksiz mağlub etdi. Şundan keyin -60 kg vazn toifasida Şukurjon Rahimov KXDR vakili Çol Man Çodan ustun keldi.
Keçki dasturda esa Osiyo öyinlari çempioni Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg) qirğizistonlik Almanbet Alibekovga qarşi ringga çiqdi va yaqqol ustunlik bilan 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Söng Şunqor Abdurasulov (-64 kg) turnirdagi ikkinçi jangini pokistonlik Amir Masudga qarşi ötkazib, işonçli ğalaba bilan çorak finalga yöl oldi. Terma jamoaning eng nomdor vakillaridan Isroil Madrimov (-75 kg) dastlabki jangida ortiqça qiyinçiliksiz vetnamlik Trung Vuni mağlub etdi.
Ayollar örtasidagi bahslarda esa -54 kg vaznda Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Şiga yutqazgan bölsa, -69 kg vaznda Şahnoza Yunusova tojikistonlik Nilufar Boboyorovani mağlubiyatga uçratdi.

















