Buyuk Britaniyaning Kiberxavfsizlik milliy markazi (NCSC) tadqiqot ötkazdi va internetda ma'lumotlarni himoya qiliş uçun mamlakatdagi foydalanuvçilar tomonidan qöllaniluvçi eng zaif 100 mingta parollar röyxatini e'lon qildi.

123456 kombinatsiyasi eng işonçsiz bölib çiqdi. 23 million britaniyalik öz ma'lumotlarini internetda himoya qiliş uçun undan foydalanmoqda, deya hisoblaydi mutaxassislar. 123456789 kombinatsiyasi biroz kamroq tarqalgan, 7.7 million foydalanuvçi uni yetarliça işonçli parol deb biladi. Qwerty kombinatsiyasi 3,8 million foydalanuvçi tomonidan işlatiladi hamda uçinçi örinni egallaydi. Törtinçi örinda - 3,6 mln foydalanuvçi qöllaydigan password (parol) sözi. Yetakçi beşlikka yettita bir sonidan iborat kombinatsiya yakun yasab berdi - 1111111 (3,1 million).

Bundan taşqari, foydalanuvçilar köpinça parol sifatida quyidagilarni tanlaydi:

erkaklar va ayollar ismi, eng keng tarqalgan - Eşli, Maykl, Daniel, Jyessika va Çarli;

futbol klublari nomi, yetakçi beşlik - «Liverpul», «Çelsi», «Arsenal», «Mançester Yunayted» va «Everton».

musiqiy ijroçilarning yoki musiqiy guruhlarning nomi, blink182, 50cent, Eminem, Metallica va Slipknot yetakçilik qilyapti;

öylab topilgan personajlar, kino va adabiyot qahramonlari - Supermen, Naruto, Tigra, pokemon va Betmen hamda boşqalar.