Kiyev okrug ma'muriy sudi Ukraina prezidenti Petro Poroşenkoning impiçmenti va unga qarşi jinoyat işi qözğatilişini talab qilmoqda. Bu haqda sud organining rasmiy saytida xabar qilindi.

Sud hokimiyati vakillari odil sudlov oliy kengaşiga ularni davlat rahbarining özboşimça va noqonuniy harakatlaridan himoya qilişni ta'minlaş böyiça real çoralar körişni söragan. Hujjatda aytilişiça, Poroşenko hamda adliya vaziri Pavel Petrenko, Ukraina milliy banki rahbari Yakov Smoliy jinoyat sodir etişgan. Kollegiya Privatbankni milliylaştiriş noqonuniy deb topilganidan söng Poroşenkoning bayonotini sud tizimiga bosim ötkaziş, uning mustaqilligiga daxl qiliş deb baholamoqda. 

Sud kollegiyasi parlamentdan prezident impiçmenti jarayonini boşlaş masalasini körib çiqişni söramoqda.

Ötgan haftada sud Privatbankning milliylaştirilişini noqonuniy deb topgandi. Bu qaror bankning asosiy egasi bölgan biznesmen Igor Kolomoyskiyning da'vosi böyiça qabul qilingan.

Şundan söng Poroşenko Privatbankning Kolomoyskiyga qaytarilişi mamlakatga defolt va iqtisodiy inqiroz olib kelişi mumkinligini aytdi. U bu qarorni çiqargan sudyalarni qayta attestatsiyadan ötkazişni tezlaştiriş, Ukraina xavfsizlik xizmati va boş prokuraturasini esa ularga qarşi iş qözğatiş imkoniyatini örganib çiqişga çaqirdi.