Bangkokda boks böyiça Osiyo çempionatining yarim finali yöllanmasi uçun janglar davom etmoqda.

Özbekistonlik boksçilardan bugun birinçi bölib Şukurjon Rahimov (-60 kg) ringga kötarildi. U turkmanistonlik Xursand Imonqulovga qarşi jang olib borib, yarim finalga çiqdi. Ikkinçi raundida Rahimovning qoşi yorilgaç, hakam jangni töxtatdi; bunga qadar ustunlikka ega bölgan Rahimov oçkolar hisobiga köra ğolib deb topildi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Özbekiston terma jamoasi yetakçisi Isroil Madrimov esa (-75 kg) ikkinçi jangida yutqazib qöydi. Uç kun oldin vetnamlik boksçini qiyinçiliksiz taslim etgan Isroil çorak finalda qozoğistonlik Tursunbay Kulahmetga qarşi ringga çiqib, oçkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

23 aprel kuni özbekistonlik yana 6 boksçi jang ötkazadi.

Kunduzgi dastur:
-91 kg: Sanjar Tursunov – Çingiz Borbaşev (Qirğiziston)
-60 kg: Rayhona Qodirova – Namuun Monxor (Möğuliston)
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Vei-Siyen Lin (Xitoy Taypeyi)

Keçki dastur:
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Şimbergenov (Qozoğiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suçada Paniç (Tailand).

Eslatib ötamiz, keçagi bahslarda özbekistonlik 4 nafar boksçi yarim final yöllanmasini qölga kiritgan bölsa, jamoaning yana 4 nafar vakili, jumladan Hasanboy Dösmatov ham mağlubiyatga uçrab, musobaqani erta yakunlagan edi.