Xavotirli belgilar o‘z-o‘zingizga beradigan baho, ichki qat'iyat va hayotingiz uchun shaxsiy mas'uliyat olish ustida ishlashingiz kerakligi haqida xabar beradi.

Foto: Layfxaker

O‘zgalarning ehtiyojlari sabab o‘zingiznikidan voz kechasiz

Agar har doim yordam qo‘lini cho‘zadigan, hech qachon tashlab ketmaydigan, kompaniyaning qalbi va eng yaxshi do‘st qabilidagi obro‘ga ega bo‘lsangiz, bunga erishish siz uchun qay darajada mushkul ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, atrofingizdagilar boshingizga chiqib olganini sezarsiz. Chunki atrofdagilarni qutqarish yo‘lida shaxsiy reja va istaklardan voz kechishga tayyorsiz.

Yordam berish – normal va to‘g‘ri holat. Biroq siz haqingizda ijobiy fikrlashlari uchun doimiy ravishda o‘zingizga qarshi borish ham yaramaydi. «Yo‘q» deyishni o‘rganing.

Doimiy ravishda ma'qullashlarini kutasiz

Kimdir maqtamagunicha mehnatingizning natijasidan minnatdor bo‘lmaysiz. Bu ishga ham, kundalik mayda masalalarga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan, obrazingiz Instagram’da kam layk to‘plagani uchun kiyimingizni almashtirgani uyga borasiz. Aslida esa o‘z-o‘zingizga beradigan bahoingizni o‘zgalarning ma'qullashi evaziga emas, obektiv ko‘rsatkichlarga asoslanib quring. Masalan, professionalligingiz haqida boshliqning maqtovi emas, xaridlarning o‘sgani ko‘proq ma'lumot beradi.

Sizni qanday ko‘rishni istasalar ana shunday bo‘lishga harakat qilasiz

«Qochoq kelin» filmidagi sahnalardan birida qahramon qiz kuyovga u kabi tuxumdan tayyorlangan taomni yoqtirishini aytgandi. Oxir-oqibat qiz o‘ziga nima yoqishini tushunolmay qoladi.

O‘zgalar fikriga o‘ta tobe kishida vaziyat yanada jiddiyroq tus oladi. Agar o‘zingizni har bir suhbatdoshga moslashtirsangiz, ichki qat'iyat va kim ekaningizni aniqlash vaqti yetdi.

O‘z hayotingiz mas'uliyatini o‘zgalarga yuklaysiz

Bir tomondan bari mantiqiy: atrofdagilar hayotimizga shu darajada ta'sir qilishadiki, aynan ularning so‘zlari va harakatlari muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlarimizga sabab bo‘ladi. Biroq bu vaziyatni sog‘lom deb atash mushkul.