19 aprel kuni Facebook tarmoğida anqaralik Xalil Yildirim Toşkentdagi Usmon bin Maz'un masjididan post joylagan. Post mingga yaqin foydalanuvçi tomonidan bölişilgan.
Post muallifi masjiddagi namozxonlarni tasvirga olarkan, şunday deydi: «Ayni damda Özbekistondamiz. Biz juma namozining farzini öqib çiqayotgan paytimizda özbek döstlarimiz sunnat namozini va duolarini öqiyapti. Insonlarning dinga bölgan e'tibor va hurmatini şu yerda kördik. Bizdagi (Turkiyadagi) ulkan jome' masjidlar juma namoz paytida bazör töladi, boğlar böş qoladi.
Şunça yil davomida dindan uzoqda tutilgan özbek döstlarimizning boşi bugun sajda uçun yerga tekkan. Yomğir mavsumida insonlar hovli-boğçada namoz öqişyapti.
Bizda esa farz namozini öqib bölgaç, jamoatning 90 foizi taşqariga çiqib ketadi. Guvohi böling, jamoatning 1/100 biri taşqariga çiqib ketyapti, xolos.
Alloh bizga islomiy şuur bersin. Yöqçiliklarni sezdirmasin, borining qadriga yetişimiz lozim. Özbek qardoşlarimizning islomga qanday çanqoqlikda ekanligining şohid bölyapmiz. Sizlarning ham bu holatni körişingiz uçun videoga tuşirdim.
Hammangizni Allohga topşirdim (omonat bildim).
Juma muborak bölsin!».
Ma'lumot uçun, Xalil Yildirim ziyorat turizmi bilan şuğullanuvçi mutaxassis bölib, Özbekiston, Eron, Ispaniya va boşqa musulmon madaniyati qadamjolariga ega mamlakatlarda sayyohlik xizmati bilan şuğullanadi.













