Toşkent tibbiyot akademiyasida kontrakt tölovi asosida tahsil olayotgan talaba Kamola Botirova oliygohga davlat granti asosida qabul qilinişiga tösiq bölgan xatolik tufayli Davlat test markazini sudga berib, unda yutib çiqdi.

Kamola Botirova 2018 yilning iyulida Toşkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topşirib, avgust oyida imtihonga kirgandi.

U sinov natijalari böyiça yetarli ball töplab, kontrakt tölovi asosida öqişga qabul qilingandi. Biroq, u davlat granti asosida öqişi kerakligiga amin bölib, Davlat test markazining apellyatsiya komissiyasiga şikoyat bilan murojaat qilgan. Kamola savollar kitobining biologiya fani böyiça berilgan 57-savol yuzasidan e'tiroz bildirgan.

Savol mazmuni esa quyidagiça: «oziq zanjirida vidra (yirtqiç hayvon), baliqlar, qisqiçbaqasimonlar va suv ötlari bor. Uçinçi tartib konsumentlarining biomassasasi 32 kg bölsa, oziq zanjiri barça komponentlari iste'mol qilgan oziqning umumiy biomassasini (kg) aniqlang».

Kamola 35520 kg javobi körsatilgan variantni belgilagan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi esa 35552 kg variantini töğri deb hisoblagan.

Şundan söng, Kamola Botirova Yunusobod tuman ma'muriy sudiga Davlat test markazi mansabdor şaxslarining xatti-harakatlari ustidan şikoyat qiladi. Ma'muriy işni 2019 yilning 23 aprel kuni Toşkent şahar Yunusobod ma'muriy sudi sudyasi Davron Ergaşev arizaçi, sudya yordamçisi K.Xidirov, tuman prokuraturasidan U.Olimjonov va Davlat test markazi vakillari iştirokida körib çiqadi.

Toşkent şahar Yunusobod ma'muriy sudi sudyasi Davron Ergaşev

Sud tomonidan arizaçining vajlarini tekşiriş maqsadida mutaxassislar jalb qilinadi. Ularning aksariyati abituriyent tomonidan berilgan javob töğriligini ma'lum qilişadi.

Oziq zanjirida vidra (yirtqiç hayvon), baliqlar, qisqiçbaqasimonlar va suv ötlar bor. Uçinçi tartib konsumentlarining biomassasi 32 kg bölsa, oziq zanjiri barça komponentlari iste'mol qilgan oziqning umumiy biomassasi 35520 kg.ni taşkil qiladi.