Özbekiston şakar importini qisqartirişda davom etmoqda. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Mamlakat 2019 yilning I çoragida 21,7 mln dollarlik xorijiy şakarni sotib oldi. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçga nisbatan 16,7 foizga kam.

Yanvar-fevral oylarida respublika 18,3 million dollarlik xorij şakarini sotib oldi. Bu 2018 yil yanvar-fevral oyidagi körsatkiçga qaraganda deyarli 81 foizga kam.

Ötgan yillarda Özbekistonda şakar yetişmovçiligi bir neça bor kuzatildi. Bunday holatlardan biri 2015 yilda röy bergan bölib, öşanda şakarning çakana narxlari keskin oşgandi.

2017 yilda şakar olib kirişga bojxona bojlari bekor qilindi, bu mamlakatga xorijiy şakar uçun yöl oçdi. Şundan keyin, Rossiya şakari birinçi marta peştaxtalarda paydo böldi.

Import qilingan şakar tufayli nafaqat Özbekiston aholisining ehtiyojlari qondirildi, balki narx pasaytirildi, deya ta'kidlab ötişgandi «Özbekoziqovqatxolding»dan.

2018 yil mobaynida Özbekiston amalda import qilingan şakar iste'mol qildi, sababi, hisob-kitoblarga köra, mahalliy zavodlar deyarli işlamagan. 

Bundan oldin, Özbekiston Ukrainadan şakar sotib olişni kamaytirgani xabar berilgandi.