Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston shakar importini keskin kamaytirdi
Foto: Pixabay
Shakar importi bir necha barobarga kamaydi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Yanvar-fevral oylarida respublika 18,3 million dollarlik xorij shakarini sotib oldi. Bu 2018 yil yanvar-fevral oyidagi ko‘rsatkichga qaraganda deyarli 81 foizga kamdir.
O‘tgan yillarda O‘zbekistonda shakar yetishmovchiligi bir necha bor kuzatildi. Bunday holatlardan biri 2015 yilda ro‘y bergan bo‘lib, o‘shanda shakarning chakana narxlari keskin oshgandi.
2017 yilda shakar olib kirishga bojxona bojlari bekor qilindi, bu mamlakatga xorijiy shakar uchun yo‘l ochdi. Shundan keyin, Rossiya shakari birinchi marta peshtaxtalarda paydo bo‘ldi.
Import qilingan shakar tufayli nafaqat O‘zbekiston aholisining ehtiyojlari qondirildi, balki narx pasaytirildi, deya ta'kidlab o‘tishgandi «O‘zbekoziqovqatxolding»dan.
2018 yil mobaynida O‘zbekiston amalda import qilingan shakar iste'mol qildi, sababi, hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy zavodlar deyarli ishlamagan.
Bundan oldin, O‘zbekiston ikki oyda importga 3,35 mlrd dollar sarflagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
15:43 / 14.02.2026
Yoshlardan keksagacha: 2025 yilda turistlar yoshi bo‘yicha taqsimot e’lon qilindi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
16:06 / 13.02.2026