Hukumatning “Birinçi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati çeklangan jamiyati faoliyatining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilişiça:
“Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi “Birinçi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati çeklangan jamiyatida loyiha böyiça yiliga 100 ming pogon metr konveyer lentasi, 200 ming dona qişloq xöjaligi şinalari va 3 million dona avtomobil şinalari işlab çiqariş quvvatiga ega “Konveyyer lentalari, qişloq xöjaligi va avtomobil şinalari işlab çiqarişni taşkil etiş” investitsiya loyihasini amalga oşiriş yakunlangan;
“Davlat xaridlari töğrisidagi” Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat (budjet va korporativ) buyurtmaçilari maxsus ma'lumotlar portalida röyxatdan ötkaziladigan töğridan-töğri şartnomalar tuzgan holda, yagona yetkazib beruvçidan tovarlarning (işlar, xizmatlar) davlat xaridini amalga oşiradi.
“Birinçi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati çeklangan jamiyati qişloq xöjaligi va avtomobil şinalarining yagona yetkazib beruvçisi etib belgilandi hamda davlat buyurtmaçilariga jamiyat mahsulotlarini maxsus ma'lumotlar portalida röyxatdan ötkaziladigan töğridan-töğri şartnomalar asosida xarid qilişga ruxsat berildi.
“Birinçi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati çeklangan jamiyatida Konveyyer lentalari, qişloq xöjaligi va avtomobil şinalari işlab çiqarişning prognoz körsatkiçlarini bajariş, ularning raqobatbardoşligini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar tasdiqlandi.
“Özkimyosanoat” AJ boşqaruvi raisi O.Temirov zimmasiga Kompleks çora-tadbirlarda közda tutilgan tadbirlarning öz vaqtida va töliq amalga oşiriş işlarini muvofiqlaştiriş hamda aniq natijalarga erişiş böyiça şaxsiy mas'uliyat yuklandi.

















