2024 yilgi budjet qonuni loyihasiga köra, 2024 yil 1 iyuldan boşlab avtomobil şinalarining bir donasi vaznidan (kg uçun) kelib çiqqan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 0,3 foizi miqdorida utilizatsiya yiğimi joriy etilmoqda.

Bunda, şinalarning örtaça vaznidan kelib çiqqan holda utilizatsiya yiğimi miqdori:

  • yengil avtomobillar uçun ölçami R13ʼdan R20ʼgaça bölgan şinalariga 6,2 ming sömdan 16,2 ming sömgaça;
  • yuk avtomobillar uçun ölçami R16ʼdan R18ʼgaça bölgan şinalarga 11,3 ming sömdan 58,8 ming sömgaça taşkil etadi.

Ma’lum qilinişiça, avtomobil şinalarini utilizatsiya qilişda tabiatga zarar yetkazilayotgani uçun bu yiğim joriy qilinmoqda. Undan tuşgan mablağlar atrof-muhitni asraş va “Yaşil makon” dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov Kun.uz muxbirining mahalliy işlab çiqaruvçilar bu yiğimdan ham imtiyozga ega bölişi ehtimoliga oid savoliga javob berdi.

“Bunday bölmaydi, çunki Jahon savdo taşkilotining talabi bor. Agar siz import mahsulotga [biror yiğim, soliq] kiritadigan bölsangiz, içki mahsulotga ham kiritişingiz kerak. Heç qaçon diskriminatsiya qilib bölmaydi. Mahalliy işlab çiqaruvçimi, çet el işlab çiqaruvçisimi, rezidentmi yoki norezident – bir xil qöllanadi. Faqat importga deb aytmaganmiz, hammaga qöllanadi.

Utilizatsiya yiğimining ma’nosi – uning ekologiyaga zararini qoplaş. Çet el şinasi böladimi, özimizda işlab çiqarilganmi, vazniga qarab tartibini işlab çiqamiz. Öşa yerda yoritiladi, hamma bir xil bu yiğimni tölaydi”, – dedi Haydarov.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2018 yili avtomobil şinalari işlab çiqariş mahalliylaştirilib, Angrenda şina zavodi oçilgan va uni qöllab-quvvatlaş uçun şina importiga yuqori bojlar joriy etilgandi. 156,4 mln dollar taşqi qarz evaziga qurilgan zavod 2021 yilda atigi 15 foiz quvvat bilan işlayotgani, işlab çiqargan mahsulotlari sifati talabga javob bermasligi sababli UzAuto Motors xorijdan şina import qilişda davom etayotgani ma’lum bölgandi. Zavod 2023 yil boşida xususiylaştirildi