Serbiya poytaxti Belgradda boks böyiça jahon çempionati davom etmoqda.

Bugun, 30 oktabr kuni hamyurtlarimiz iştirokidagi dastlabki jangda Nodirjon Mirzahmedov JÇdagi debyutini ötkazdi.

-48 kg vaznli boksçi Nodirjon Mirzahmedov JÇdagi ilk jangini irlandiyalik Rikki Nesbittga qarşi ötkazdi va ğalabaga erişib, çorak finalga yöllanma oldi. 

Foto: ÖBF
Foto: ÖBF

Uning keyingi bosqiçdagi raqibi qozoğistonlik Temur Tasjusupov böladi.

-80 kg vaznda özbekistonlik Odiljon Aslonov 2-bosqiçda (1/16 final) italiyalik Simone Fiori bilan jang qilib, işonçli ğalabaga erişdi va 1/8 finalga yöl oldi.

Aslonov saralaşdagi raqibi ringga çiqmagani uçun avtomatik ravişda keyingi bosqiçga ötgandi. 

U keyingi bosqiçda amerikalik Robbi Gonsalesga qarşi ringga kötariladi.

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Ma'lumot uçun, Özbekiston boks jamoasi turnirga 13 nafar boksçi bilan yöl olgan. Bungaça Odiljon Aslonov va Nodirjon Mirzahmedovdan taşqari, Asadxöja Möydinxöjayev (ikkita jang), Saidjamşid Ja'farov, Lazizbek Mullajonov, Şahobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Halokov öz janglarida ğalaba qozonib, iştirokini davom ettirmoqda, Hasanboy Dösmatov, Şohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Şahram Ğiyosov musobaqani erta tark etdi.