Xitoy oliy xalq prokuraturasi Interpolning sobiq rahbari, Xitoy jamoat xavfsizligi vazirining sobiq örinbosari Men Xunveyni poraxörlik gumoni bilan hibsga olişga qaror qildi.
“Nazorat böyiça davlat qömitasi tergov yakunlangandan söng poraxörlikda gumon qilinayotgan Men Xunvey işi materiallarini prokuratura idoralariga körib çiqiş uçun topşirdi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanişiça, prokuratura Men Xunveyni hibsga olişga qaror qilgan, tergov davom etmoqda.
2018 yil oktyabrda Fransiya mutasaddi idoralari Xitoyga sentyabrda jönagan Interpol prezidentining yöqolişi böyiça tergov boşlagan.
Men Fransiyani 29 sentyabrda tark etgani va şundan keyin aloqaga çiqmagani ma'lum qilingan. Uning yöqolgani haqida Interpolning boş qarorgohi joylaşgan Lionda farzandlari bilan birga yaşovçi rafiqasi xabar qilgan.
Keyinroq Xitoy Men qonunni buzganlikda gumon qilinayotgani va nazorat böyiça davlat qömitasi unga nisbatan tergov ötkazayotganini ma'lum qilgan. Şundan bir neça soat keyin Interpol Men prezident vakolatlarini topşirişni söraganini ma'lum qilgan. Fransiya idoralari noyabrda Menning yöqolişi böyiça işni yopgan.













