Hukumat qarori bilan Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy şaxslar mol-mulki, atrof-muhit uçun xavfli va sifatsiz bölgan mahsulotlarni olib kiriş, işlab çiqariş va sotiş xavfi monitoringini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram kanalida yozilişiça, monitoring “Özstandart” agentligi tomonidan kamçiligi bölgan mahsulotlarning Bazasini yuritiş yöli bilan amalga oşiriladi.

Xavfli va sifatsiz bölgan mahsulotlar bojxona, ekologiya, karantin, quriliş, soğliqni saqlaş va boşqa vakolatli organlar tomonidan aniqlanadi.

Kamçiligi bölgan mahsulotlar töğrisidagi ma'lumotlar “Özstandart” agentligiga beriladi hamda Agentlik mazkur ma'lumotlarni Bazaga kiritadi.

Agentlik har hafta kelib tuşgan axborotni umumlaştiradi va kamçiligi bölgan mahsulotlar töğrisidagi hisobotni vakolatli organlarga, Savdo-sanoat palatasiga va Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasiga, yirik savdo tarmoqlariga yuboradi.

Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etgan işlab çiqaruvçi Agentlikka mahsulotni Bazadan çiqariş töğrisida murojaatnoma yuboradi.

Agentlik örganiş natijalari ijobiy bölsa, mahsulotni Bazadan çiqaradi.