Past Darğomlik bezori mahalla tinçini buzmoqda: Hokim, IIB boşliği va prokuror jim
|01:55 / 26.04.201964 43510 min
Samarqand viloyatining Past Darğom tumanidagi özlariga tinçlik bermayotgan bir fuqaro ustidan «Mirzo Uluğbek» mahallasi ahli Kun.uz’ga arz qilib keldi. Tahririyat fuqarolar tomonidan yozilgan arizalar, tuşuntiriş xatlari, mahalla faollari tomonidan imzolangan dalolatnomalar, telefon suhbati audioyozuvlari va advokatning fikrlari bilan uzoq tanişib çiqdi.
Çarxin qörğonida joylaşgan mazkur mahallada yaşovçi bir guruh fuqarolarni qiynayotgan muammo bitta — mahallada joylaşgan, «Balans Trans Servis» oilaviy korxonasiga tegişli avtomobillarga texnik xizmat körsatiş maskanida faoliyat körsatib kelayotgan Sanjar Ziyayev ularni muttasil ravişda haqorat qilmoqda, zöravonlik bilan umumfoydalanişdagi yölkaga egalik qilmoqçi bölyapti.
Öz maqsadini amalga oşiriş uçun u mana şu yölka içida joylaşgan, mahalladagi xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta'minlovçi transformator podstansiyasini ham köçirib taşlaş harakatida. Kunlarning birida mahalla ahli elektr çiroği öçib qolganidan söng transformator yoqib yuborilganiga ham guvoh bölişgan.
S.Ziyayev transformatorni katta köçaga köçirib yuborib, yölkani öziniki qilib olmoqçi va bu yerda avtomobillarni yuviş maskani barpo etmoqçi. Şu sababli, Samarqand – Kattaqörğon yöli yoqasida köçiriladigan transformator uçun yangi joy ham barpo etib qöygan.
Mahalla faollari S.Ziyayev mahallada 2013 yildan beri foydalanib kelayotgan binoning heç qanday kadastr va boşqa hujjatlari yöqligi, hatto soliq, gaz ta'minoti, elektr tarmoqlari idoralariga ham heç qanday tölov qilmasligi yuzasidan ariza berişgan. Biroq soliq va MIBdan biror tayinli javob olinmagan. Hozirça faqat kadastr idorasi çindan ham Ziyayevning «Balans Trans Servis» oilaviy korxonasiga oid kadastr hujjatlari yöqligini tasdiqlab berdi.
Biz S.Ziyayevdan «Yölak uçun hujjatlaringiz bormi?» deb söraganimizda «Hujjatlar tuman kadastr idorasida, ular rasmiylaştirib berişyapti» deb aytib ötdi.
S.Ziyayev mahalladagi umumiy foydalanuvdagi yölakni egallab, fuqarolarni bu yerga kirgani qöymagan va ariqni kömib taşlagan. Bizning dastlabki örganişimiz çoğida yölakka darvoza ham örnatilgan edi. Bir muddat avval tuman hokimi Ş.Xudoyberdiyevga uşbu vaziyatni şaxsan tuşuntirganimizdan söng, hokimlik vakillarining aralaşuvidan keyin yölkani berkituvçi noqonuniy örnatilgan darvoza olib taşlandi.
Mavzuga oid
Uşbu yölakdan şu mahallada yaşovçi, 40 yil öqituvçi bölib işlagan otaxon M.R. janjallardan bezib, öz xonadoniga kiruvçi darvozadan ham foydalanmay qöygan. Noiloj qolgan keksa öqituvçi tayyor köça turgani holda öz hovlisiga kiriş uçun köça böyida joylaşgan ustaxonasidan eşik oçgan.
S.Ziyayev özi işlaydigan bino yonida joylaşgan umumiy ovqatlaniş şoxobçasining ham tölaqonli işlaşiga mone'lik qilib kelmoqda. Bizga aytişlariça, oşxona oşpazi va işçilari muttasil haqorat qilinadi. Oşxonaning xöjalik bölimiga ötişi va mijozlar hojatxonaga kirişi uçun möljallangan eşigidan oyoq izlari arimaydi.
Oşxona mijozlari ilgari egallanmoqçi bölgan yölka böylab hojatxonaga ötişgan bölsa, hozir ular uçun ham yöl yopilgan.
U oşxonaning yordamçi binolaridan köçaga çiqqan novlarni qirqib, qayirib taşlagan. Buning oqibatida suv hovliga töplanib, hovlidagi kanalizatsiya quduğining ham tezda tölib qolişiga sabab bölgan.
Kun.uz vakillari borgan kuni oşxonaning tölib qolgan kanalizatsiya quduğidan çiqindi suvlarini tortib ketiş uçun kelgan maşina kirişiga tösqinlik hosil qiliş uçun darça oldiga uç yuk maşinasida toş tökib, kamiga öz yengil avtomobili bilan kiriş yölini tösib olgan edi.
Faqatgina mahalla profilaktika inspektorlarining tuşuntirişi, tuman hokimi örinbosari Tolib Hamzayevning aralaşuvi bilan («Tekşirib çiqdik: sizda bu joyga egalik qiliş uçun heç qanday hujjat yöq», — degan sözlar yangragaç) maşina yöldan olindi va quduq tozalandi.
S.Ziyayev öziga tegişli binoning orqa tomonidan fuqaro R.M.ning köp yillik mehnati evaziga yetiştirgan mevali va manzarali daraxtlarini kesib, ötinlarini olib ketgan. Bundan ham açinarlisi, fuqarolar tuman atrof-muhitni muhofaza qiliş inspeksiyasiga murojaat qilişganida, inspeksiya xodimlari «Endi kesib bölibdi-ku, nima ham qilamiz», degan vaj bilan heç qanday çora körmagan.
Mahalla ahli bilan suhbatlaşar ekanmiz, ikki soatda ham aholining S.Ziyayevga nisbatan e'tirozlari tugay demasdi. Yana bir fuqaro F.K.ning öğlini S.Ziyayevning iti qopib olgan. S.Ziyayevga bor-yöği «Itingni boğlab qöy», deya olgan fuqaro F.K.ning boşiga u şişa idiş bilan urib tan jarohati yetkazadi. Bu voqealardan söng qattiq qörquv va oğir ruhiy holatni boşdan ötkazgan bolaning onasi oğir xastalikka duçor bölgan.
Aslida, mahalla ahlining sabr kosasini töldirgan jihat — ularni qörquv ostida uşlab, haqoratlab, tahqirlab kelayotgan, ilgari bir neça bor sudlangan fuqaroning işlari tuman ma'muriy sudida körib çiqilib, bor-yöği jarima jazosi qöllanilayotganidir! Ziyayev esa fuqarolarni haqoratlaş, tahdid qilişda davom etmoqda (Haqoratlaşda davom etayotgani haqida tahririyatda audioyozuv bor. Ammo juda qöpol haqoratlarni ommaga havola etişni lozim topmadik).
Umuman Ziyayev işi böyiça va qarori böyiça savollar juda köp. Tegişli orderi bölsa-da, tergov jarayonining advokatsiz olib borilgani ğalati. Bu haqida bugun advokat ham norozilik bildirmoqda. Yana bir qiziq tomoni —yuqorida tilga olingan sud qarorlarida javobgar S.Ziyayev «muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilmagan», deb körsatilgan.
Kun.uz mazkur iş yuzasidan jabrlanuvçining advokati A.Şaxnazaryanning fikrlari bilan qiziqdi:
«S.Ziyayev bir neça bor jinoyat qilgani uçun sudlangan, — deydi advokat. — Biz viloyat IIB axborot markazi bilan boğlanib, bu haqda aniq ma'lumotga ega böldik. Ayni vaqtda ma'muriy sudlangani böyiça ham sörov berganmiz. Umuman, köplab fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilayotgan odamga qanday qilib yengillaştiruvçi holat qöllaş mumkin».
Berilgan jazolardan xulosa çiqarmasdan, bugun ham qonun-qoidalarni oyoğosti qilib kelayotgan insonga tuman sud-huquq idoralari haddan taşqari «mehribonçilik» qilib yubormayaptimikan? Unda undan jabr körayotgan mahalla ahliga kim mehr körsatadi?
Bunday deyişimizning sababi biz bu holat yuzasidan tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyevga uçraganimizda, hokim «Bunday zöravonning faoliyatiga çek qöyib, u noqonuniy egallab olgan bino örnida bolalar boğçasi quramiz», deganida aholini tinçlantirdik: vaziyatni şaxsan hokim öz nazoratiga oladi, deb. Biroq tuman hokimi mahallaga biror marta bormagan ham, mojaroli vaziyatni örganmagan ham. Holbuki, bu joy şundoqqina hokimning uyidan işga qatnaydigan katta yöl ustida. U har kuni şu yerdan ötadi.
Tuman içki işlar bölimi boşliği Şerzod Qöziyev ham bizning fuqarolar nomidan qilgan murojaatimizga javoban telefon orqali «Bu işlar bizning vakolatimizga kirmaydi», deya javob berdi.
Bir zöravonning atrofdagi yölga kuç bilan egalik qilib turişiga pastdarğomlik mas'ullar qanday toqat qilyapti ekan?
Yangrayotgan haqorat-u, tahdidlarni bir çetga qöya turaylik. Çunki Çarxindagi IIB tayanç punkti rahbari, mayor Abbos Eşpölatovning tuşuntirişiça, bu vaziyatda janjal kattalaşib, qon tökila boşlasagina içki işlar xodimlari kelib vaziyatga aralaşar ekan.
Lekin S.Ziyayevning qolgan xatti-harakatlari ham borib turgan özboşimçalik-ku? Egallaş huquqi bölmagan umumfoydalanuvdagi yerni egallaş va dov-daraxtlarni heç kimdan söramasdan kesib taşlaş — özboşimçalik bölmay nima?
Darvoqe, fuqarolar viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning sayyor qabulida ham şaxsan viloyat rahbariga murojaat qilişgan. Holatni sinçiklab örganiş uşbu hudud qaraydigan sektor rahbari — tuman prokuroriga topşirilgan.
Mahalla ahlining ma'lum qilişiça, tuman prokurori Asror Valiyev esa biror marta öz sektori bölmiş Çarxinga kelib, mazkur holat yuzasidan aholi bilan gaplaşmagan, vaziyatni örganmagan. Qolaversa, bugun tuman prokuraturasi fuqarolarning ayni masala yuzasidan murojaatlarini umuman qabul qilmayapti ekan.
Prokuratura huzuridagi tuman MIB ham mazkur hududga elektr va gaz sarfi böyiça tölovlar haqidagi aholining yozma murojaatlarini javobsiz qoldirib kelmoqda. Tahririyat xodimlarining ham Past Darğom tuman MIBiga bu boradagi bir neça oğzaki sörovlari javobsiz qoldi.
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning «Mirzo Uluğbek» mahallasi raisi Şuhrat Turğunboyev nomiga yozgan xatida transformator köçirilmasligini bayon etgan. Lekin şunga qaramasdan, S.Ziyayev şu kunlarda yana bir bor montyorlar yordamida transformatorni köçaga köçirişga uringan. Faqatgina mahalla ahlining keskin noroziligidan söng bu iş amalga oşmay qolgan.
Nima ham derdik — vaziyat oğir. Qiynalayotgan aholiga vakolatli davlat hokimiyati organlari yordam körsatişdan yo ojiz, yo buni istaşmayapti. Sababini esa heç kim bilmayapti. Kun.uz esa Çarxinda röy berayotgan mazkur vaziyatni kuzatişda davom etadi.