Özbekistonlik qöşiqçi Jasur Umirov öz tanişiga tahdid qilgani uçun sud qilindi va unga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi belgilandi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, Jasur Umirov 2018 yilning 18 noyabr kuni tungi soat 03:00larda mast holatda H.Q.ning xonadoniga özining «Captiva» rusumli avtomaşinasida (davlat raqami 01 P 288 AB) borgan. Şaxsiy adovati bölgani bois uning darvozasiga bir neça marta avtomaşinasining oldi qismi bilan urgan. Darvozaga şikast yetkazgan, jabrlanuvçini haqoratlagan va qölidagi piçoq bilan qörqitgan.
«24 aprel kuni Toşkent şahar Olmazor tuman ma'muriy sudi tomonidan 1986 yil Samarqand viloyatida tuğilgan Jasur Umirovga nisbatan ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi, mayda bezorilik, ya'ni jamoat joylarida uyatli sözlar bilan sökiniş, fuqarolarga haqoratomuz şilqimlik qiliş hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi şu kabi boşqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik moddasi doirasida sud işi körib çiqildi», deyiladi manba ma'lumotida.
Sudda Jasur Umirov aybiga töliq iqror bölgan - rostdan ham özi bilan olib yuradigan piçoği bilan tanişini qörqitib haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida özi yoqtirgan «Ş» ismli qizni unga turmuşga berişmayotganini körsatgan. Lekin qilgan işidan afsusdaligini bildirib, suddan yengillik söragan.
Sud estrada yulduzi Jasur Umirovni MJtKning 183-moddasida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi. Unga 15 (ön beş) sutkalik ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Joriy yilning 26 aprel sanasida Toşkent şahar ma'muriy sudi tomonidan keyingi bosqiç sudida uning işi körib çiqildi va qaror özgarişsiz qoldirildi.

















