11:12 / 28.04.2019
10402

Chempionshipdan APLga chiqqan ilk jamoa ma'lum bo‘ldi

«Norvich Siti» Chempionshipning 45-turida «Blekbern Rovers» klubini qabul qildi. Norijdagi «Kerrou Roud» stadionida kechgan uchrashuv Daniel Farke jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Marko Shtayperman va Mario Vranchich mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Lyuis Trevis tomonidan urildi.

Shu tariqa, chempionat yakuniga bir tur qolganida «Norvich» kamida ikkinchi o‘rinni kafolatladi va bu o‘rin keyingi mavsumda Premer-ligada ishtirok etish huquqini beradi. Jamoa 3 yil o‘tib yana yuqori divizionga qaytmoqda.

APLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladigan ikkinchi klub ko‘p ehtimol bilan «Sheffild Yunayted» bo‘ladi. Bu bugun, 28 aprel kuni aniq bo‘lishi mumkin, buning uchun «Lids Yunayted» «Aston Villa» bilan o‘yinda ochko yo‘qotishi talab etiladi.

APLni esa «Haddersfild» va «Fulhem» tark etishi aniq bo‘lgan. Uchinchi nomzod esa «Kardiff» bo‘lib turibdi. Ayni vaqtda, mavsum yakuniga 2 tur qolganida «Brayton»da 34, uelsliklarda esa 31 ochko bor.

Mavzuga oid
Top