«Manchester Siti» Angliya chempionatining 5-turida sensatsion ravishda «Norvich»ga yutqazdi (2:3). «Liverpul» esa xotirjamlik bilan «Nyukasl»ni mag‘lub etdi va turnir jadvalida «shaharliklar» bilan oradagi farqni 5taga yetkazdi.

«Liverpul»da APL rekordi

«Liverpul» — «Nyukasl» — 3:1 (Mane, 28, 40, Saloh, 72 — Villems, 7)
Liverpul: Adrian, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Oksleyd-Chemberlen (Milner, 75), Fabino, Veynaldum (Shakiri, 84), Mane, Origi (Firmino, 37), Saloh.
Nyukasl: Dubravka, Villems, Dammett, Kraft (Mankilo, 67), Lassels, Xeyden, Shelvi, Atsu, Almiron (Muto, 67), Sher (Fernandes, 80), Joelinton.

Kunning birinchi o‘yinida bir necha e'tiborga molik voqealar ro‘y berdi.

Ularning birinchisi - og‘ir jarohatini davolagan Aleks Oksleyd-Chemberlen 508 kunlik tanaffusdan keyin «Enfild»da boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

«Nyukasl» optimal tarkibda bo‘lmasada, mezbonlarni hayron qoldirgan holda 7-daqiqadayoq Yyetro Villemsning qoyilmaqom goli bilan hisobni ochishdi. Gollandiyalik futbolchi premer-ligadagi ilk aniq zarbasini golga aylantirdi.

«Liverpul» birinchi bo‘limda yuqori tezlikda harakat qilmadi, ammo qiyinchiliksiz hisobda oldinga chiqib olishga erishdi. Ikki gol ham Mane hisobiga yozildi.

O‘yinning ikkinchi qismida esa mersisaydliklar raqibga imkon qoldirishmadi. Katta ustunlik bilan harakat qilgan Klopp shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabaga erishishlari ham mumkin edi, ammo o‘yinning qolgan qismida faqat bir gol urildi, Firminoning fenomenal harakatlarini Saloh yakuniga yetkazib qo‘ydi. Braziliyalik futbolchi misrlik futbolchini dohiyona pas bilan oldinga chiqardi, hujumchi raqib jarima maydoniga kirib borib, darvozabonni dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, «Liverpul» qatorasiga 14-g‘alabani nishonladi, bu o‘yinlarda kamida ikkitadan gol urdi va bu APLning yangi rekordidir.