Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Chelsi» mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images
Angliya Premer-Ligasida 3-tur o‘yinlari davom etmoqda.
«Chelsi» safarda «Norvich» bilan o‘ynadi va 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mehmonlar safida Abraham 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Natijada «Chelsi» mavsumdagi ilk yutug‘ini qo‘lga kiritdi. Avvalgi 2ta turda «ko‘klar» durang va mag‘lubiyatni qayd qilishgan edi.
APL, 3-tur
Norvich – Chelsi 2:3 (2:2, 0:1)
24 avgust, «Karrou Roud» stadioni
Gollar: 0:1 – 3 Abraham, 1:1 – 6 Kentuell, 1:2 – 17 Maunt, 2:2 – 30 Pukki, 2:3 – 68 Abraham.
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Lyaytner (Maklin, 81), Tribull (Vranchich, 81), Kentuell, Shtipermann (Srbeni, 81), Buendia, Pukki.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Zuma, Emerson, Jorjino, Kovachich, Barkli, Maunt (Alonso, 90), Pulishich (Villian, 84), Abraham (Jiru, 75).
Ogohlantirishlar: Jorjino (33), Shtipermann (43).
Mavzuga oid
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
12:32 / 22.01.2026
«Barsa»da kambek, «Qorabog‘»da yana g‘alaba. Kun o‘yinlari
14:28 / 09.01.2026