Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev Pekinda xitoylik maşhur aktyor Jyeki Çan bilan uçraşib, u bilan kinoda qöşma loyihalarni amalga oşiriş borasidagi fikrlari bilan bölişdi.   

Nazarboyevning matbuot xizmati ma'lum qilişiça, uçraşuvda aktyorning ijodiy jamoasi a'zolari ham iştirok etişgan. Qozoğistonning birinçi prezidenti suhbat davomida Jyeki Çanning dunyo kinosiga qöşgan ulkan hissasini qayd qilib ötgan. “Men şunday maşhur inson bilan uçraşişdan xursandman. Siz butun dunyoda maşhursiz”, deb aytgan Nazarboyev.    

Foto: akorda.kz

Aktyor öz navbatida yaqin istiqboldagi ijodiy rejalari haqida sözlab bergan va qöşma loyihalarni amalga oşiriş borasidagi fikrlarini bildirgan.

Hozirda Xitoy poytaxti Pekinda ikkinçi “Bir makon, bir yöl” forumi bölib ötmoqda.