Hukumat qarori bilan Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanalida xabar berilgan.

Nizomga muvofiq, Milliy palata respublika soğliqni saqlanişini boşqarişga innovatsion modellar joriy etilişi uçun mas'ul bölgan respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlaştiruvçi davlat taşkiloti hisoblanadi.

Milliy palata zamonaviy klinik qöllanmalar va bayonnomalar, taşxis qöyiş va davolaş sifat standartlari, şuningdek, moddiy-texnik jihozlaş standartlarini işlab çiqilişini taşkil etiş, ularning öz vaqtida joriy etilişi ustidan monitoring olib boradi.

Nizom bilan Milliy palataning huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Milliy palataga Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan rais boşçilik qiladi.

Milliy palata huzurida Özbekistonda soğliqni saqlaşning innovatsion modelini joriy etiş böyiça maslahat kengaşi taşkil etiladi.