2018 yilning noyabr oyida Kun.uz tadbirkor Muhammadbobur Xöjayev murojaati asosida suriştiruv ötkazgandi. Bu murojaat böyiça tayyorlangan «Bir kunda 600 ming dollardan ortiq mablağ yöqotdim». Toşkentda tadbirkor qurayotgan uylar buzib taşlandi» sarlavhali maqolada tadbirkorning Mirzo Uluğbek tumani «Avayxon» mahallasi hududida qurilayotgan 3 qavatli turar-joy binosi şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev nazoratida buzib taşlangani bayon qilingandi.

Ma'lum muddat ötgaç, «snos» mojarosi çet el ommaviy axborot vositalarida ham yoritildi. Muhammadbobur Xöjayev Toşkent şahri hokimini şahardagi quriliş bozorini «monopoliyaga aylantiriş»da, arzon uy qurayotgan tadbirkorni «quriliş bozoridan siqib çiqariş»da ayblagandi.

Joriy yilning 5 aprel kuni Toşkent şahar hokimligida jamoatçilik muhokamalariga sabab bölayotgan muammo yuzasidan matbuot uçun brifing bölib ötdi va unda tanganing ikkinçi tarafi ham körindi. Şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev brifingda muammo yuzasidan fikrlarini aytib ötdi va investor bilan yuzma-yuz muloqot ötkazişga tayyorligini ma'lum qildi.

«Tadbirkor Muhammadbobur Xöjayevni umrimda körmaganman, gaplaşmaganman ham. Men töğrimda ommaviy axborot vositalarida har xil fikrlar bildirmoqda. Tadbirkor bilan alohida ham, ommaviy axborot vositalari oldida ham suhbatlaşişga tayyorman. Marhamat, kelsin», - degandi şahar hokimi.

Şundan söng, investor ham muloqotga oçiq ekanini bildirgandi.

«Menda unga qarşi dalillar bölgani sabab şunday fikrlar bildirişga majbur böldim. Balki, uning atrofidagi yoki mening atrofimdagilar şunday nizolardan manfaatdordir. Har xil gaplar tarqalmoqda. Şularning oldini oliş uçun meni eşitişsa, şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev bilan oçiq muloqotga tayyorman», - deya javob qaytargandi investor Muhammadbobur Xöjayev.

27 aprel kuni Toşkent şahar hokimligi binosida Jahongir Ortiqxöjayev va investor Muhammadbobur Xöjayev örtasida oçiq suhbat bölib ötdi. Suhbatga ommaviy axborot vositasi vakillari ham taklif etildi.

Video: Mover (tas-ix)