Ukraina prezidenti saylovlarida ğalaba qozongan Vladimir Zelenskiy jamoasi amaldagi davlat rahbari Pyotr Poroşenko va uning atrofidagilarga xorijga çiqiş taqiqlanişi töğrisidagi petitsiyani qöllab-quvvatladi.

"Har bir jinoyat işi uçun doimo munosib javob böladi", -deya qayd etgan Zelenskiy ştabi.

Zelenskiyning vakillari jurnalist Aleksandr Dubinskiyning Kiyev okrug ma'muriy sudiga prezident va parlament saylovlaridan söng Pyotr Poroşenko, prezident administratsiyasi rahbari Igor Raynin va "Pyotr Poroşenko bloki" fraksiyasi rahbarining birinçi örinbosari Igor Kononenkolarga bir yil davomida mamlakatni tark etişni taqiqlaş töğrisidagi murojaatini ana şunday izohladi. 

Hozirda sud mazkur da'vo böyiça iş oçiş masalasini körib çiqmoqda.

Avvalroq Zelenskiy öz ştabida 20ta yirik korrupsiyaga qarşi taşkilotlar vakillari bilan uçraşuv ötkazgandi. U korrupsiyani Ukrainaning asosiy muammolaridan biri deb e'tirof etgan va mutaxassislarni bu muammoni birgalikda hal qilişga çaqirgan.

Politeka naşrining xabar berişiça, korrupsiyaga qarşi kuraşiş markazi rahbari Vitaliy Şabunin uçraşuv vaqtida hozirgi hukumat davrida davlat budjetidan katta miqdorda mablağ öğirlangani haqida ma'lum qilgan.