Kun.uz saytida «Past Darğomlik bezori mahalla tinçini buzmoqda: Hokim, IIB boşliği va prokuror jim» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan, unda tumanning Çarxin qörğoni «Mirzo Uluğbek» mahallasi hududida joylaşgan «Balans Trans Servis» oilaviy korxonasi boşliği Sanjar Ziyayev mahalla ahliga xizmat körsatayotgan transformator podstansiyasini köçaga — Samarqand – Kattaqörğon yöli çetidagi Dimişqo kanali böyiga köçirib, transformator podstansiyasi turgan hudud — içki yölni noqonuniy egallaşga urinayotgani va mahalla ahlining tinçini buzayotgani haqida hikoya qilingan edi.

Ma'lum bölişiça, mazkur maqoladan söng tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev va tuman mas'ullari vaziyat bilan tanişişgan.
Mahalla ahlining bildirişiça, tuman hokimi maqola e'lon qilingan kunning ertasiga tumandagi mutasaddilar bilan avtobusda kelib, voqea joyini örgangan.
Biz voqea joyiga yetib borganimizda tuman elektr tarmoqlari idorasi («Elektroset») rahbari Hikmat Haitov tuman hokimi transformator umumfoydalanuvdagi yöl içidan taşqariga çiqarilişi böyiça buyruq berganini aytdi. Biroq avvaliga aynan kanal böyiga köçirmoqçi emasliklarini, uni köçiriş uçun joy axtarilayotganini bildirgan bölsa-da, keyinroq xodimlariga bu hokim buyruği ekanligi, transformatorni bugunoq köçiriş kerakligini ta'kidladi.

Töğri, transformatorning hozirgi joylaşgan örni ham xavfsizlik talablariga javob bermaydi. U oşxona yordamçi binolariga juda yaqin joylaşgan. Haitovning aytişiça, jala vaqtida tomdan yomğir suvi saçraşi va avariya röy berişi ehtimoli yuqori.

Hikmat Haitov transformatorga noqonuniy ulangan simlar ham borligini körsatib, bu simlar qayerga ketayotganini bilmasligini aytdi. Nahotki, tumandagi MIB va boşqa idoralar bundan bexabar bölsa?

Viloyat arxitektura bölimi mutaxassisi Uluğbek Rustamov mahalla ahli murojaatini örganiş uçun kelganini aytib ötdi. Nizoli köça atrofidagi jami qurilmalarning hujjati bilan tanişib çiqişini, şundan söng mutaxassislar yakuniy bir xulosaga kelişini bildirdi.


























