O‘zbekiston | 14:48 / 30.04.2019
7935
4 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 20 yildan beri ishlamayotgan to‘qimachilik fabrikasi tiklanadi

Foto: Yuriy Korsunsev

Vazirlar Mahkamasining “Jizzax shahrida to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Elegans Teks” QK MChJga tegishli bo‘lgan Jizzax shahri, To‘qimachilik ko‘chasi, 7-uy manzilda joylashgan bino va inshootlar negizida “Sh. Rashidov nomli to‘qimachilik kombinati” MChJni barpo etish yo‘li bilan yagona muassisi - “Jizzakh Textile” XK MChJ bo‘lgan “Zamonaviy to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Qayd etilishicha:

obekt 20 yil mobaynida ishlamayapti va ishlab chiqarishni tiklash uchun ushbu maydonlardagi barcha bino va inshootlarni to‘liq rekonstruksiya qilish talab etiladi;

“Jizzakh Textile” XK MChJ muassislari yig‘ilishida yillik quvvati 12,0 ming tonna ip-kalava, shuningdek, uni qayta ishlash mahsulotlari - 3,0 mln komplekt yotoq choyshabi va 13,0 mln dona tikuv buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ishlab chiqarishni 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida ishga tushirgan va obekt negizida 2550 yangi ish o‘rinlari yaratgan holda investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan;

Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi 2018 yil 19 iyuldagi qarori bilan Jamiyat ustav fondida 24 foiz ulushga ega bo‘lgan “Portway LLC”NI (AQSh) Jamiyat a'zolari tarkibidan chiqargan;

Jamiyat a'zosi - "‘New Light General Trading FZCO” kompaniyasi (BAA) Jamiyat ustav fondidagi o‘z ulushini mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan bozor qiymatida - 4,47 mlrd so‘mga sotish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining:

“New Light General Trading FZCO” kompaniyasidan (BAA) Jamiyat ustav fondidagi 26 foiz ulushni bozor qiymatida sotib olish;

Jamiyatning butun mol-mulkini “Sh.Rashidov nomli to‘qimachilik kombinati” MChJga 11,5 mlrd so‘m qiymatda, 15 foiz avans to‘lovi amalga oshirilgandan keyin obektga egalik huquqini rasmiylashtirish, sotib olish summasi qoldig‘iga foiz hisoblamasdan va sotib olish to‘lovlari bilan qoplanmaydigan qarzdorlikni hisobdan chiqarish sharti bilan sotish;

“Sh.Rashidov nomli to‘qimachilik kombinati” MChJga sotilayotgan obektning qiymatini ikki yillik imtiyozli davr bilan 7 yil mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid