Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq «Abu Saxiy» bozori hududidagi sotuvchilar orasida norozilik kelib chiqdi. Hokimlik rasmiy izoh berdi
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahar hokimligi 29 aprel kuni «Toshkent savdo markazi» (sobiq Abu Saxiy) hududidagi «Gipermarket»ga yaqin joyda savdo qilayotgan sotuvchilar orasida kuzatilgan norozilik bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borilganligini ma'lum qildi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, «Gipermarket» atrofida savdo nuqtalari tashkil etilmagan bo‘lib, kiyim-kechaklar bilan savdo qiluvchi sotuvchilarning ayrimlari mahsulotlarini yerga yoyib, faoliyat yuritishgan.
Ayni shu hududda 2019 yilgi kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik yuzasidan ichimlik suvi quvurlarini yangilash ko‘zda tutilgani bois, ularga «Chinni bozor» va «Bek baraka» savdo majmualari oralig‘idagi hududda tegishli ruxsatnoma asosida savdo qilish taklif etilgan. Bu sotuvchilar o‘rtasida tushunmovchilikka sabab bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Natijada, suv quvurlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta'mirlash-sozlash ishlari vaqtincha to‘xtatildi.
Shuningdek, ushbu sotuvchilarning har biri bilan bozor ma'muriyati o‘rtasida istisno tariqasida 2019 yil sentyabrga qadar faoliyat yuritishlarini ta'minlovchi shartnomalarni imzolashga kelishib olindi. Buning uchun esa sotuvchilar soliq idorasidan yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni kafolatlovchi ruxsatnoma olishlari talab etiladi.
Qayd etish joizki, yuqoridagi tushunmovchilik holatlari yuzasidan tomonlar huquq va manfaatlaridan kelib chiqib, zarur choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026