Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni fuqarolarga «konvert» usulida haq to‘lamaslikka chaqirdi
Joriy yildan yangi soliq konsepsiyasi amaliyotga joriy etilishi nafaqat biznes vakillari, balki, oddiy fuqarolar daromadi va ish bilan band bo‘lishiga ham ijobiy ta'sir etib, ularning turmush tarzida bevosita aks etmoqda, deya xabar beradi DSQ matbuot xizmati.
Bildirilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahrida turli sohalarda noqonuniy ravishda ishlayotgan 49 ming 610 nafar fuqaro jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tadbirkorlar yangi soliq konsepsiyasi bergan imkoniyatlarni yaxshi anglagan holda norasmiy yollangan fuqarolar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasini rasmiylashtirmoqda. Natijada, soliq bazasi kengaymoqda, deyiladi xabarda.
Biroq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlariga qaramasdan fuqarolarni noqonuniy ravishda ishga jalb qilish holatlari uchramoqda.
Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish tadbirlarida 15 nafar fuqaro mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgani aniqlandi.
Shuningdek, poytaxtning Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni faoliyati o‘rganilganida, qog‘ozda boshqa, amalda esa o‘zgacha holat ekanligi ma'lum bo‘ldi. Ya'ni, xaridorlar bilan gavjum savdo do‘konida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan hisobotlarda ko‘rsatilmagan 22 nafar fuqaro norasmiy ravishda ishlayotgani aniqlandi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ko‘zdan kechirish, tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari natijasida sanoat korxonalarida ishlayotgan 21 ming 140 nafar, qurilish korxonalaridagi 5 ming 80 nafar, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida 8 ming 853 nafar, transport va xizmat ko‘rsatish korxonalarida faoliyat yuritayotgan 1 ming 869 nafar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan norasmiy ravishda yollangan 1 ming 935 nafar va boshqa korxonalarda ishlayotgan 10 ming 733 nafar fuqaro jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchisiga aylandi.
“Hurmatli tadbirkorlar! Ishga jalb etilgan fuqarolarga “konvert” usulida haq to‘lanishiga yo‘l qo‘ymang. Unutmang, siz o‘zingizning insofli xatti-harakatingiz bilan davlatimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz!” - deyiladi DSQ bayonotida.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026