Footy Headlines portali «Real»ning yangi liboslari suratini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, «qirollik klubi»ning keyingi mavsumdagi uy o‘yinlari uchun formasi an'anaviy oq, undagi elementlar esa tillarangda bo‘ladi.

Foto: Footy Headlines
Foto: Footy Headlines

Ta'kidlash joiz, «Real»ning 2011/12 mavsumidagi asosiy libosida ham oltin rangidagi belgilar va dizayn chiziqlaridan foydalanilgandi:

Avvalroq klub o‘z texnik homiysi – Adidas kompaniyasi bilan 1,6 milliard yevrolik shartnoma ustida muzokara o‘tkazayotgani ma'lum bo‘lgandi. Tomonlar amaldagi shartnomani yana 12 yilga – 2030 yilgacha uzaytirishmoqchi.

Agar matbuotdagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topsa, u holda «Real» nemis ishlab chiqaruvchisidan har mavsumda kamida 120 mln yevrodan homiylik mablag‘larini oladi. Ushbu miqdor turli bonuslar bilan yana ham ortishi mumkin.