Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov va Koreya Respublikasi boş prokurori Mun Mu Il örtasida uçraşuv bölib ötdi. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, unda inson huquqlari va xavfsizligini ta'minlaş hamda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça atrofliça fikr almaşilgan.

General-mayor D. Nazarmuhamedov içki işlar organlari tizimida asosiy kuç va e'tiborni quyi böğinlarga yönaltiriş orqali birinçi navbatda jinoyatçilikning barvaqt oldini olişga e'tibor qaratilişi natijasida 2017-2018 yillar davomida sodir etilgan jinoyatlar sonining keskin qisqarişiga erişilganligini ta'kidlab, natijada umumiy jinoyatlar körsatkiçi sönggi ikki yil davomida har 100 ming aholiga 273 tadan 150 taga qisqarganligini ma'lum qildi.

Öz navbatida, Koreya Respublikasi boş prokurori Mun Mu Il samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlaşdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.