Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi internet saytlarida e'lon qilingan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha ma'lumot berdi.
«1994 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16 aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan. Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan.
Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llangan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bo‘shashtiradi, tinchlantiradi va uyqu chaqiradi.
Joriy yil 22 aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib boriladi. Agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘riladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024