Dizayn Print MÇJ va Metallurg MÇJ korxonalarining 2018 yildagi yillik tuşumi 1 milliard sömdan oşgan. Yangi tahrirdagi soliq kodeksiga köra, endi bu korxonalar ham soliq tölaydi. Nega tölamasligi kerak, deya taajjublanişingiz tabiiy, biroq uşbu korxonalarda I va II guruh nogironligi bölgan közi ojiz insonlar mehnat qiladi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Respublika böylab Özbekiston közi ojizlar jamiyati tomonidan taşkil qilingan 76 korxonada bugun közi ojiz, körişda nogironligi bölgan mingdan ortiq kişi işlayapti. Korxonalar Soliq kodeksining 358 modda 1 qismiga köra yagona soliq tölovini tölamaydi. Şuningdek, 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5270-son Farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturi, şuningdek, 2018 yil 11 iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlaşni rağbarlantirişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisi”da PQ-3782-sonli qarorlar ham uşbu turdagi korxonalarga yengillik va imtiyozlar berilişini nazarda tutadi.

2018 yilning 29 iyundagi “Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida”gi PF-5468-sonli farmonga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran ötgan yil yakunlari böyiça yillik tuşumi 1 milliard sömdan oşgan yoki yil davomida belgilangan çegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tölaşga ötkaziş, barça tadbirkorlik sub'yektlari, şu jumladan, tuşumi 1 milliard sömgaça bölgan yuridik şaxslar uçun yuridik şaxslarning mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqni joriy etiş nazarda tutilgan.

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi tasdiqlangan holda Özbekiston közi ojizlar jamiyati tizimidagi korxonalar ham yuqoridagi kabi soliqlar tölaşi kerak böladi.

Bu korxonalarda ham texnik va texnologik yangilanişlarni joriy qilsa böladi, biroq mazkur korxonalar nogironlarning bandligini ta'minlaş maqsadida asosan qöl mehnatidan foydalanişga majbur. Közi ojizlarga soğlom işçilarning kömagi, resurslar va reabilitatsiya vositalari kerak. Davlat tomonidan şu vaqtga qadar soliq imtiyozlarining qöllanişi, turli yengilliklar evaziga tannarxi balandligiga qaramay, işlab çiqarilgan mahsulotlar bozor narxiga moslaştirib kelingan.