Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tuman markazi — Gagarin shaharchasi bugun tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi. Aynan Mirzacho‘l tajribasidan kelib chiqqan holda Forish tumanida ham qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Qurilish bor joyda albatta buzilish bo‘ladi, eskisini buzmay turib, yangisini qurib bo‘lmaydi. Buzilish bo‘ldiki, albatta norozilik ham bo‘y ko‘rsatadi…

Tahririyatimizga Forish tumanidagi bir necha tadbirkordan murojaat kelib tushdi.

Unda yozilishicha, tumanda boshlangan qurilish ishlari natijasida ko‘pgina tadbirkorlarning huquqlari poymol etilgan. Ushbu hududda ko‘p binolar va uylar buzib tashlanmoqda. Uy va binolarning egalariga yangilarini taqdim qilish va kompensatsiya to‘lash o‘rniga, mahalliy hokimlik vakillari bino va uylarni buzishda davom etishmoqda.

Vaziyatni o‘rganish maqsadida Forish tumanida bo‘ldik. Murojaatchilar biz bilan suhbatda ularni qiynayotgan muammo haqida bayon qilishdi.

«Forish tumani markazidagi Amir Temur ko‘chasida tadbirkorlarga tegishli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari hamda aholining jami 100ga yaqin uy joylari joylashgan. Markazda qurilish ishlari boshlanmay turib joriy yilning fevral oyi boshida Forish tumani hokimligi tomonidan Amir Temur ko‘chasi bo‘yida joylashgan bino egalariga ularning binolari joylashgan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinishi haqida ogohlantirish tarqatiladi.

Hukumat qarorining 3.1-bandida «yer uchastkalarini olib qo‘yishda yer uchastkasida joylashgan mulkning bozor qiymati oldindan to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi», deyilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Republikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqi kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasi to‘rtinchi xatboshisida «Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlashga zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘la qoplanmagunga qadar yo‘l qo‘yilmaydi»,