Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda bosh prokuror va Markaziy bank raisi hisobot beradi
3 may kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Majlis kun tartibida «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Yaylovlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston qonunlari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
23ta masala ko‘rib chiqilishi mo‘ljallangan majlisda O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisini tayinlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shuningdek, joriy yalpi majlisda Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risida, bosh prokurorining organ faoliyati to‘g‘risida hisoboti tinglanadi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026