Toshkent shahridagi «Chinni bozor» yaqinida ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi. Bu haqda Kun.uz’ning poytaxt IIBBdagi manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 147-sonli yo‘nalishdagi «Mersedes-Bens» avtobusi hamda 31-sonli yo‘nalishdagi «Isuzu» avtobusi o‘zaro yo‘l-transport hodisasi qayd etgan.

Shundan so‘ng, «Mersedes-Bens» avtobusi ikki nafar piyodani bosib ketgan.

Manba xabariga ko‘ra, ikki nafar piyoda - qiz va ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda ushbu xabar yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.