Jahon | 11:31 / 04.05.2019
46544
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yuzlab yo‘lovchilari bo‘lgan samolyot daryoga quladi

Foto: Jacksonville Sheriff's Office via AP

Florida shtatidagi Jyeksonvill shahridagi daryoga bortida 136 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti qulab tushdi. Bu haqda o‘z Twitter-akkauntida shahar meri Lenni Kerri ma'lum qildi.

Miami Air aviakompaniyasining tijorat charter reysi AQShning Kubadagi Guantanamo harbiy bazasidan uchib kelayotgan bo‘lgan. CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra samolyot uchish-qo‘nish yo‘laklaridan chiqib ketgan va daryoga tushgan. 

“Samolyot daryoning sayoz joyiga borib to‘xtab qolgan, ammo suvga cho‘kib ketmagan” — deya yozdi Jyeksonvill sherifi.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. WJXT telekanali lavhalariga ko‘ra, yo‘lovchilar qutqaruv nimchalari bilan samolyot qanoti orqali chiqib ketishgan. 

Foto: Twitter/@WJXTvic

Mavzuga oid