Efiopiyaning ğarbida etnik töqnaşuvlar oqibatida bir neça ön odam halok böldi. Bu haqda Banişangul-Gumuz viloyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Addis Standard naşri xabar berdi.  

Naşrning ma'lum qilişiça, viloyatning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça boşliği  Geleta Xaylu gumuz va şinaşa etnik guruhlarining bir neça ön vakili halok bölganini tasdiqlagan.

Xayluning ta'kidlaşiça, qotilliklarni qurolsiz odamlarni pala-partiş öqqa tutgan qurollangan guruhlar sodir etgan. U töqnaşuvlar oqibatida halok bölganlarning sonini aytişga hali ertaligini, dastlab tafsilotlarni örnatiş lozimligini aytgan.

Efiopiya boş vaziri örinbosari Demeke Mekonnen mahalliy agentlik AMMA’ga intervyusida töqnaşuvlar viloyatning turli joylarida bir hafta oldin öldirilgan 18 kişi uçun öç oliş bölganini aytgan.