2017-2018 yillar mobaynida dehqon bozorlaridagi kelib çiqişi hayvonotga mansub mahsulot, xomaşyoni realizatsiya qiladigan, saqlaydigan savdo şoxobçalari va omborlarida veterinariya-sanitariya holati nazorati ötkazilmaganligi uçun sotilişi man etilgan 440 tonnadan ortiq submahsulotlari (jigar, buyrak, yurak va boşqalar) va 20 tonna göşt mahsulotlari savdoga çiqarilgan. Bu haqda Senatning XIX yalpi majlisida Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş qömitasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev ma'lum qildi.
«Uyuşgan jamoalarda guruhli ovqatdan zaharlaniş böyiça 2017 yilda 8 ta holat, 2018 yilda esa 7 ta holat yuz bergan. Ulardan 4 tasi MTMlarda sodir bölgan va jami 73 nafar bola «ötkir diareya, dizenteriya» infeksion kasalligi taşxisi qöyilgan. Sönggi ikki yilda jami 102 044 ta umumiy ovqatlaniş va oziq-ovqat savdo obektlaridagi xodimlarning tibbiy körik daftarçalari tekşirildi va 54062 nafar işçi tibbiy körikdan ötmaganligi ayon böldi. 91 ta obektlarda (30,5 foizida) içimlik suvi ta'minoti umuman taşkil etilmagan, 191 ta (64 foiz) bozor kanalizatsiya tarmoğiga ulanmagan, 53 ta (18 foiz) bozorda veterinariya-sanitariya laboratoriyalari mavjud emas. 55 ta bozorda (18,4 foizida) maxsus çiqindi yiğiş maydonçalari taşkil etilmagan», - deydi senator.
Nizomxöjayev xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli oziq-ovqat va umumiy ovqatlaniş joylarida ham davlat sanitariya nazoratini istalgan vaqtda, heç qanday moneliksiz, moliya-xöjalik faoliyatiga aralaşmagan holda ötkaziş huquqini beriş masalasini körib çiqişni taklif etdi.
Bundan taşqari, yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritiş uçun senatorlar Boş vazirga parlament sörovini yuboriş töğrisidagi qarorni ma'qulladi.

















