Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda siklon oqibatida 30ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Juma kuni Hindistonning Orisha shtatida yuz bergan siklon oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.
Shtat bosh kotibi Aditya Prasad Padxining so‘zlariga ko‘ra, ulardan 21 nafari Puri shahrida halok bo‘lgan. Hukumat tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan 10 mingta qishloq va 52 shahar rayonida ommaviy tiklash ishlarini tashkil etgan.
Tsiklon yaqinlashishi oldida shtatda milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi va vaqtinchalik lagerlarga joylashtirildi. Butun shtat bo‘yicha 220 dan ortiq poyezd harakati to‘xtatildi, qator yirik shaharlardagi aeroportlar ishlamayapti. Maktab, kollej va davlat tashkilotlarida ish to‘xtatilgan.
Ekspertlarning baho berishlaricha, bu keyingi Hindistonda 20 yilda yuz bergan eng talofatli siklondir.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026