«Çegara bilmas muxbirlar» nohukumat taşkiloti jahonda söz erkinligi bilan boğliq vaziyat töğrisidagi yillik hisobotini e'lon qildi.

Matbuot erkinligi reytingi «mahalliy jurnalistlarning erkinlik darajasi»ga köra saralangan 180ta davlat röyxatidan iborat.

U turli davlatlardagi jurnalistlar, yuristlar va sotsiologlarning maxsus anketasiga berilgan javoblariga köra tuziladi. Anketa savollari jurnalistlar işi bilan boğliq keng doirali mavzularni qamrab oladi — qonunçilik, özini özi senzura qiliş, medianing erkinligi, fikrlar plyuralizmi, turli institutlar va idoralarning jurnalistlar bilan işlaşga tayyorligi va hokazo.

Bundan taşqari, baholaşda öldirilgan, qamoqqa taşlangan jurnalistlar soni, şuningdek jinoiy ta'qib qilinayotgan blogerlar va jurnalistlar assistentlari kabi ayrim qöşimça mezonlar ham hisobga olinadi.

Taşkilot reytingida dastlabki uçlikni Norvegiya, Finlyandiya va Niderlandiya egalladi.

MDH davlatlari orasida Armaniston sezilarli ösişga erişdi. Bu davlat 19 poğona yuqorilab, 61-örindan joy oldi.  

Qirğiziston 15 poğona kötarilib, 81-öringa joylaşgan, Ukraina 101-öringa tuşgan bölsa, Moldova 10 poğona pastlab, 91-örinni egallagan.

Rossiya ham ötgan yilga nisbatan bir poğona pastga, 149-öringa tuşib qoldi. Belarus 2 poğona kötarilib, 153-örindan joy oldi.

Qayd etiş kerakki, Özbekiston ham reytingda yuqoriladi va 53,52 körsatkiç bilan 160-öringa loyiq körildi va xaritada avvalgidek qora emas, qizil rangda belgilandi.

Taqqoslaş uçun, 2018 yilgi körsatkiç 165-örin bölgandi, 2017 yilda esa 169-örin.

«Ayrim naşrlar oğriqli mavzularda yoza boşladi. Ammo mamlakatda uzoq vaqt hukmronlik qilgan senzura va öz-özini senzura qilişdan xalos böliş uçun hali köp iş qiliş kerak», deyiladi hisobotda.

Tojikiston va Ozarboyjon mos ravişda 161- va 166-örinlarda joylaşdi. Turkmaniston 85,44 körsatkiçi bilan eng oxirgi - 180-öringa loyiq körildi.