Past Darğomda «örmon qonunlari». Hokimlik baliqçi fermerlarni qaqşatib, ularning toşloq yerlarini kimga bermoqçi?
|00:15 / 05.05.201937 24113 min
Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida 100 gektardan ortiq maydonda baliqçilik xöjaligi barpo etayotgan fermerlarning hovuzlariga şaxsan tuman hokimining oğzaki buyruği bilan suv berilmay, quvurlar sindirib taşlangani haqida avval ham hikoya qilgan edik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Bizga ma'lum bölişiça, tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev uşbu yer maydonlarini beriş haqidagi qarorlarni bekor qilib, yerlarni tuman hokimligi zaxirasiga qaytariş haqidagi qarorlarini ham çiqargan.
Keling, bu fermerlarga baliqçilikni rivojlantiriş uçun yerlar qanday bölinib berilgani xronologiyasini eslaylik. Özi iş nimadan boşlangan?
2018 yilning 17 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Samarqand viloyatiga taşrifi davomida Past Darğom tumanida viloyat faollari bilan uçraşib, videoselektor yiğilişi ötkazgan edi.
Yiğilişda prezident 1 oy muddatda şaroiti nisbatan oğir bölgan Nurobod, Past Darğom, Iştixon, Narpay va Qöşrabot tumanlarida Vazirlar Mahkamasining 2018–2019 yillarga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini işlab çiqib, taqdim etiş böyiça topşiriq bergan edi.
Uşbu topşiriqdan va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi «Baliqçilik tarmoğini jadal rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–3657-sonli
Mavzuga oid
qaroridan kelib çiqib, Past Darğom tumanida baliqçilikni rivojlantiriş böyiça dastur işlab çiqiladi.
2018 yilning may oyida Past Darğom tumanining «Özbekiston mustaqilligi» massividan qişloq xöjaligi ekinlari ekişga yaroqsiz, unumsiz yerlardan 100 gektar yer fermerlarga bölib beriladi. Uşbu hududda bungaça ham baliqçilik bilan şuğullanib kelayotgan fermerlar bor edi. Ularning ayrimlariga 2018 yil mayda qöşimça yer maydonlari beriladi.
Boş vazirning (sobiq) örinbosari Zoyir Mirzayev boşçiligida 2018 yilda selektor yiğilişi ötkaziladi va Samarqand viloyatida baliqçilik tarmoğini jadal rivojlantiriş, jumladan, intensiv usulda baliq yetiştirişga ötiş yuzasidan topşiriqlar beriladi. Qayd etib ötiş joizki, uşbu yiğilişda tumanning hozirgi hokimi, öşa paytda viloyat hokimining birinçi örinbosari bölib işlagan Şunqor Xudoyberdiyev ham qatnaşgan. Barçasiga özi bevosita guvoh bölgan.
Biroq bugungi kunga kelib Şunqor Xudoyberdiyev «yerlar unumdor edi, ball boniteti 68–72 bölgan yerlar xöjasizlarça baliqçi fermerlarga bölib berilgan», degan vaj bilan fermerlarning yerini zaxiraga qaytariş haqida qaror çiqargan. Bunda 2018 yilda berilgan yerlar emas, 10 yil muqaddam berilgan va şu vaqtgaça baliqçilik xöjaliklari barpo etilib faoliyat körsatib kelinayotgan yerlar ham birvarakayiga zaxiraga qaytarilmoqda.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatda tuman hokimi «1200 gektar yerning meliorativ holati yomonlaşuvining oldini oliş maqsadida, vatanparvarlik tuyğusidan kelib çiqib, bu işni amalga oşirayotgani»ni aytib ötdi. Tuman hokimi va hokimning qişloq xöjalik işlari böyiça örinbosari Husan Böriyev baliqçilikdan böşagan uşbu yerlar faoliyati asosini çorvaçilik taşkil etuvçi «Çortut» fermer xöjaligi ixtiyoriga berilişini, mazkur fermer xöjaligi raisi Hamza Hojimamatov baliqçilikdan böşagan yerlarga çorvasi uçun makkajöxori ekişini yaşirib ham ötirişmadi.
Ayni paytda fermerlarga umuman suv berilmayapti. Hovuzlarga haydaş mumkin bölgan ariqdagi oqova suv esa bekorga oqib yotmoqda. Bu işga hokimga tuman prokuraturasi, içki işlar bölimi yaqindan yordam bermoqda. Hovuzlar tobora böşamoqda, katta pul evaziga yetiştirilayotgan baliqlar nobud bölmoqda.
Xullas, heç kimdan heç qanday najot yöq. Baliqçi fermerlardan birining aytişiça, avvalgi maqola çiqqanidan söng tuman hokimi bu joylarga viloyat hokimi Erkinjon Turdimovni ham boşlab borgan. Tuman hokimining fikrini qöllab-quvvatlagan viloyat hokimi ham baliqçilik xöjaliklari tugatilişini aytgan.
Biroq şu hududda yillab mehnat qilgan fermerlarga köra, tuman hokimligining qarori yolğon da'volarga asoslangan. Bu yerlarda heç qanday qişloq xöjaligi ekinlari yetiştirişning imkoni yöq. Baliqçilik uçun ajratilgan, hali hovuz barpo etilmagan joy qamişzor ekanligini körişimiz mumkin. Çunki bu joylar azaldan buloq örinlari bölgan va paxta-ku umuman ösmagan, ğalla ekilganida ham baland qamişlar tufayli kombaynlar uni örolmasdan qolib ketgan paytlar bölgan ekan.
Boz ustiga, Erkinjon Turdimovga tuman hokimi faqat yangi barpo etilgan, hali suvga tölatilmagan hovuzlarni körsatgan. Ajratilgan 100 gektar yerdan katta qismi joylaşgan Zarafşon daryosi böyida toşloq yerlarda barpo etilgan hovuzlar körsatilmagan.
Biz esa öşa yerga bordik. Çunki bu yerlar ham «68-72 ball bonitetli yerlar» sifatida suvi tösilib, baliqçilik kasod qilinib, yer tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilmoqda.
Ma'lum bölişiça, şu joydan yer olgan fuqaro Hamroqulov Muzaffarga Past Darğom tumanning avvalgi hokimi S.Ergaşev imzolagan 1867-Q sonli qaror bilan 2018 yilning 15 mayida 3 gektar yer 49 yilga ijaraga beriladi.
M.Hamroqulov 23 may kuniyoq baliqçilikka ixtisoslaşgan «Şombuloq Amur» fermer xöjaligini tuman DXAda yuridik şaxs sifatida taşkil etadi.
M.Hamroqulov bu yerni Rossiyada işlab jamğarib kelgan pullari, farzandlari mehnat migratsiyasidan jönatayotgan pullari evaziga qazib, baliq çavoqlari taşlaydi. Şu kungaça uning sarflagan pullari 100 million sömdan oşib ketgan. Baliqlar hali kiçik, uni sotib foyda körişga ham ulgurmagan.
«Bir neça yildan buyon bekor yurgandim. Öğlim Rossiyada işlagan pullarni yiğib, şu yerga sarfladim. Davlatimiz yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanib, biz ham oilaviy fermer, tadbirkor bölmoqçi edik. Endi esa tuman hokimi «suv bermayman, qayerga borsang bor» deb bandlarimizni buzib taşladi», — deydi M.Hamroqulov.
Fermerning rafiqasi hammasi qanday boşlanganini hikoya qilib berdi:
«Öşa kuni (15 mart kuni) biz işda edik. Hovuz boşida farzandim bor edi. «Hovuzlarni körişga hokim keldi», dedi. Hamza fermer bilan yana ikki formalik kişi ham bor ekan. Ular «Çortut» fermer xöjaligi raisi Hamza Hojimamatovning «Chevrolet Lacetti» maşinasida kelişgan ekan».
Muzaffar Hamroqulov davom ettirdi:
«Biz yetib kelgunimizça ular bu yerlarni körib qaytayotgan ekan. Men Hamza akani tanidim. Ularning maşinasini töxtatdim.
«Hamza aka, bizning hovuzni buzmoqçi ekansiz, 15 yildan buyon bekor yotgan yerlar edi, şunça mehnat qildik, — deb gap boşlaşimni bilaman, uning oldida qora közoynak taqib, kepka kiyib olgan odam, jyerkib taşladi:
«Hey, nima demoqçisan?! Men — hokimman!» — dedi. Şunda u tumanning yangi hokimi Şunqor Xudoyberdiyev ekanini bildim.
Men hokimga vaziyatni tuşuntirmoqçi böldim.
«Xohlagan işimni qilaman! Buziladi bu joy», — dedi hokim.
«Axir 2018 yilda menga hokimlik qaror çiqarib bergan, men tentakmasman-ku, öz-özimça, özboşimçalik bilan noqonuniy iş boşlasam», — dedim.
«****** hokimingni ham, qaroringni ham!», — dedi hokim.
Uning qöpollaşayotganini körgan rafiqam çiday olmasdan maşinadan çopib tuşdi va hokimga «qöpollaşmang, uyalmaysizmi?» dedi.
«Xöş, nima qila olasan, qöpollaşsam?! — dedi Şunqor Xudoyberdiyev sensirab. — Men hali onangni… deb sökkanim yöq-ku?!»
Xotinim uning madaniyatiga e'tiroz bildirib, gapirsa maşinadan tuşib kelgan kamuflyajdagi organ xodimlari «gapirmang, opa bas qiling», deb xotinimni gapirtirgani qöyişmadi.
Şunaqa gaplar. «Qayerga borsang bor, xohlagang işingni qil — yer buziladi», dedi hokim. Mana endi hayron bölib ötiribmiz. Qarorimizni bekor ham qilibdi. Endi sudga murojaat qilmoqçimiz», — dedi M.Hamroqulov.
Yer berilişidan oldin tumandagi mutasaddilardan iborat komissiya xulosa bergani, tanlov bölib ötgani, fermerlar tanlovda ğolib çiqqani, bu yerlarga qança mehnat va mablağ sarflaşgani tuman hokimini zarraça qiziqtirayotgani yöq. Zararlarni qoplaş töğrisida oğiz ham oçilgani yöq.
Qandaydir hujjat notöğri bölsa, bunda tadbirkorning nima aybi borligi ham viloyat va tuman rahbarlariga qiziq emas. Yana şular özlari öylab topgan «örmon qonunlari» bilan Samarqandga investor jalb qilmoqçi...
Tumanning hozirgi hokimi Şunqor Xudoyberdiyev 2019 yil 20 aprelda «Şombuloq Amur» fermer xöjaligining 3 gektar yer maydoni unumdorligi yuqori bölgan 68–72,2 bonitetli yer maydonlari qonun hujjatlariga zid ravişda ajratib berilganini qayd etib, tuman hokimligi zaxira yer maydoni hisobiga qaytariş, 2018 yil 15 maydagi 1867-Q sonli qarorni bekor qiliş haqida qaror çiqarib bölgan.
M.Hamroqulovning hovuzlariga suv katta kanaldan emas, hovuz çetidagi oqova va sizot suvlardan hosil bölgan ariqdan keladi. Tuman hokimi ana şu ariqqa solingan dambalarni buzişni buyurib, baliqçini kasod qilib, yerini tortib olib, boşqa fermerga berişni maqsad qilgan.
Lekin M.Hamroqulov va şu hududda boşqa fermerlarga ajratilgan yerlarning nimasi unumdor ekan? Ğirt toşloq yerda baliqçilik hovuzlari barpo etilgan-ku?
Endi vijdonan javob bering: ana şu toşloq joyga yillab özga yurtlarda qora mehnati bilan orttirgan tört-beş söm pulini tadbirkorlik bilan şuğullanaman, deya tikkan insonni sindiriş insofli rahbarning işimi?
Quyidagi fotosuratga e'tibor bering: ustki qismida ajriq ösib yotgan, bor-yöği 5 sm unumdor qatlami bölgan yerning nimasi 68–72,2 ball bonitetiga ega bölişi mumkin?
Savol tuğiladi: xöp, hokim Şunqor Xudoyberdiyev haq ham deylik, baliqçilarga 2018 yilda ajratilgan yerning boniteti juda yuqori va unumdor bölsin, nega unda baliqçilarga berilişidan avval qişloq xöjaligi ekinlari ekilmasdan, 4-5 yil mobaynida tuman zaxirasiga olib qöyilgan edi?
Eng qiziği, hokimning özi aytişiça, ustozi sanalmiş, örtada biroz muddat Jomboy tumani hokimi ham bölib işlagan, ayni paytda Past Darğom tumani hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölmiş va ayni kunlarda «bu yerlar azaldan unumdor yerlar edi, ne-ne paxtalar ekilgan, möl hosil kötarilgan, falon-pismadon», deb da'vo qilayotgan Husan Böriyevning özi 2010 yilda «Şombuloq sazan baliqlari» fermer xöjaligiga baliqçilik uçun 5 gektar yer ajratilişini ma'qullagan komissiya tarkibida imzo qöygan.
«Şombuloq sazan baliqlari» fermer xöjaligiga 2018 yilda yana 2,2 gektar yer berilgan. Endi 2010 yildagi 5 gektar, 2018 yildagi 2,2 gektar — jami 7,4 gektar yer tortib olinmoqda.
Köryapsizmi, bu bitta M.Hamroqulov bilan bölayotgan holat emas. 2018 yil may oyida tanlovdan yer yutib olgan fermerlarning barçasini Past Darğomda şu qismat kutmoqda. Nafaqat, 2018 yilda yer olgan, azaldan şu iş bilan şuğullanib kelayotganlarning yerlarini ham!
Tuman hokimi fermerlarga peşvoz çiqmayapti. Umuman, tuman hokimligi binosiga kirişning özi bir masala. Hokim bilan şaxsan uçraşib öz masalasini hal qilişga uriniş köpinça besamar ketadi. Çunki hokimlik binosi baland panjaralar bilan öralgan. Eşikoğasi vazifasini bajarayotgan militsionerlar najot istab kelgan har qanday insonni içkariga qöymasdan, darvoza oldidan qaytarib yuboradi.
Ayni damda tadbirkorlarni faqat respublika darajasidagi, tuman va viloyat vakillari aralaşmagan mustaqil komissiyasining xulosasigina qutqarişi mumkin. Biz tadbirkorlar nomidan Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, Geodeziya, Kartografiya va Davlat kadastri davlat qömitasidan mazkur vaziyatga aralaşib, maxsus mustaqil komissiya tuzib, yerning unumdorlik masalasi borasida aniq bir töxtamga kelişni iltimos qilar edik. Agar tadbirkorlar haq bölib çiqişsa, ular sudga murojaat qilişga tayyor. Yöqsa, ular hokimning kasriga qolib, sarflagan milliardlab pullariga kuyişadi.
Kun.uz bu qayğuli vaziyatni sinçkovlik bilan kuzatadi va tadbirkorlar tuşib qolgan murakkab vaziyatni yoritişda davom etadi.