Sport | 16:30 / 05.05.2019
11432
2 daqiqa o‘qiladi

Shota Arveladze: «Liverpul»ga o‘xshashdan nima naf?»

Foto: Tribuna.Uz

Ertaga, 6 may kuni Toshkentda OChL 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Persepolis» o‘yini o‘tkaziladi. «Paxtakor» stadioni anjumanlar zalida har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning ikkinchi qismida «Paxtakor» murabbiyi Shota Arveladze qatnashdi.

«Bizni qiyin o‘yin kutmoqda. O‘yin har ikki jamoa uchun juda muhim. «Persepolis» yaxshi jamoa, men ko‘rgan jamoalar ichida eng murakkabi. Bu bo‘rttirish emas, «Persepolis» chindan kuchli jamoa. Raqib o‘yin uslubini o‘zgartirmaydi deb o‘ylayman, chunki ular doim o‘z uslublarida harakat qilishgan. «Persepolis» agressiv futbol ko‘rsatadi. Bu jamoa qandaydir kutilmagan harakat qilishi shart emas, ular shundog‘am kuchli.

«Persepolis» mehmonda yaxshi natija ko‘rsata olmayotganiga qaramay, yomon o‘ynamayapti. Shu sabab raqibning mehmonda yuta olmayotgani bizga ustunlik bermaydi. Bizda ikkita yo‘qotish bor: Yaxshiboyev jarohat olgan, Hamdamov sariq kartochkalar bois o‘ynay olmaydi. Raqibni yutish uchun nimaga umid qilyapman? Buning yo‘li bitta – ulardan ko‘proq gol urish!

1:0 ga yutsak xursand bo‘lamanmi? Albatta. «Liverpul» kabi yaxshi o‘ynab yutqazishdan nima foyda?»,- deb Arveladzening so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid