Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karimov Fondi Islom Karimovning Umra safari aks etgan videoni e'lon qildi
Foto: Videodan kadr
Karimov Fondi O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning Umra safari tasvirlangan videoni e'lon qildi.
«Ushbu videolavhada Islom Karimov Makkai mukarramaga qilgan Umra ziyoratlari, Ka'bani tavof qilib, Baytullohning ichkarisiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bilan birgalikda ibodat qilish uchun kirib ketayotganlari aks etgan.
Ushbu Umra safari Islom Karimovning Saudiya Arabistoniga 1992 yilning aprel oyida qilgan davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan.
O‘shanda Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Fahd bin Abdulaziz Islom Karimovga Kisva – Ka'ba yopinchig‘ining bir bo‘lagini hadya qilgan edi. Unga tilla ip bilan “Oli Imron” surasining 97-oyati yozilgan edi. Keyinchalik Islom Karimov ushbu tabarruk hadyani – ka'bapo‘shni Imom Buxoriy majmuasi muzeyiga taqdim etadilar.
Mehr-muruvvat va xayru-saxovat oyi Ramazoni sharif barchamizga muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar», - deyiladi Fond ma'lumotida.
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025