Gretsiyaning Orange2Fly va Turkiyaning Pegasus Airlines loukosteri Özbekiston bozoriga kiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda, dedi Davlat turizm qömitasi raisining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi Uluğbek Qosimxöjayev. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

«Orange2Fly va Pegasus Airlines bilan jiddiy iş olib boryapmiz. Bunda muzokaralar Davavianazorat hamda «Özbekiston havo yöllari» bilan birgalikda ötkazilmoqda. Rossiya loukosterlari Özbekiston bozoriga qiziqiş bildirdi. Umuman olganda, 14ta aviakompaniya bilan muzokaralar olib borilmoqda, ular orasida nafaqat loukosterlar, balki KLM, Emirates Airlines, Lufthansa, Air France kabi yirik şirkatlar ham bor», - dedi Qosimxöjayev jurnalistlarga.

Bundan oldin, Qozoğistonning FlyArystan loukosteri Özbekistonga parvozlarni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.

«Eyr Astana» prezidenti va boş ijroçi direktori Piter Fosterning sözlariga köra, kompaniya Özbekistonga hamkorlik taklif qilmoqçi va katta strategik rejalarni körib çiqyapti.

«Yaqin kelajakda Toşkent, Nukus, Qarşi va Farğona vodiysiga reyslar yölga qöyişni rejalaştirganmiz. Keyingi bosqiçda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik şaharlarga qatnovlar boşlaşni möljallaganmiz», - dedi Foster.