Britaniya şahzodasi Harri va uning rafiqasi, Sasseksk gersoginyasi Megan oilasida birinçi farzand tuğildi. Bu haqdagi xabar juftlikning Instagram-akkauntida paydo bölgan.
Ma'lum qilinişiça, oilada 6 may kuni öğil bola çaqaloq tuğilgan. Uning vazni 3,3 kilogrammni taşkil etgan.
U endi graf Dambarton maqomini oladi va britan taxti uçun da'vogarlar röyxatida yettinçi örinda, u buvasi — şahzoda Çarlz, amakisi — şahzoda Uilyam, uning farzandlari — şahzoda Jorj, malika Şarlotta va şahzoda Lui, otasi — şahzoda Harridan keyin.
Yangi tuğilgan çaqaloq hozirça şahzoda atalmaydi, u britan fuqaroligini oladi, şu bilan birgalikda onasi AQŞ fuqarosi ekani hisobga olinsa, Amerika fuqaroligiga da'vo qilişi mumkin.
Şahzoda Harri tuğruq vaqtida rafiqasining yonida bölgan. Ayni vaqtda Megan Markl özini yaxşi his qilmoqda.
Köp ehtimol bilan bolaga qaraşda Meganning onasi — Doriya Regland yordam berişi kutilmoqda.U keyingi vaqtlarda Los-Anjyelesda bolaga qaraş kurslariga qatnayotgandi.

















